Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek o‘quv markazlari AQShniki bilan bellasha oladimi?
Amerikaning TESOL xalqaro o‘qituvchilarni tayyorlash markazini muvaffaqiyatli tamomlagan yosh tadbirkor, RESULT o‘quv markazining rahbari Abdurahim Jalilov O‘zbekistondagi ta'lim dargohlari Amerika o‘quv markazlaridan sira qolishmasligini ta'kidladi.
O‘z sohasining haqiqiy professionaliga aylanishni maqsad qilgan bilimga chanqoq yoshlar uchun ajoyib yangilik.
O‘zining shart-sharoitlari, innovatsion yondashuvi va o‘quv uslubi bilan hattoki, Amerika maktablaridan qolishmaydigan RESULT o‘quv markazi barchani birinchi filial ochilish marosimiga taklif etadi.
Yorqin va shinam kutubxona, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan noodatiy dizayndagi o‘quv korpuslari, bepul WI-FI zonasi, xalqaro standartlarga javob beruvchi ta'lim metodikasi, katta tajribaga ega professional o‘qituvchilar – bularning bari har qanday o‘quvchining talabini qondira oladi.
Yangi filialda ingliz tili bo‘yicha intensiv kurslar, shuningdek, rus tili, koreys tili, nemis tili, xitoy tili va matematika (ingliz tilida) bo‘yicha ham o‘quv mashg‘ulotlari mavjud. Bundan tashqari, o‘quvchilarning til boyligini oshirish uchun maxsus klub - SPEAKING CLUB, qiziqarli tadbir va tanlovlar, dam olish kunlarida o‘tkaziluvchi SUNDAY SEMINARS, tajribali insonlar bilan MEET 9ers kabi uchrashuvlar ham tashkil etiladi.
Yanada ko‘proq ma'lumotlarga ega bo‘lish va innovatsion o‘quv markaz faoliyati bilan tanishish uchun RESULT o‘quv markazi filialining ochilish marosimiga tashrif buyuring.
Ochilish marosimi 13 yanvar kuni 11:00dan 15:00gacha bo‘lib o‘tadi.
O‘tkazib yubormang! Bu kunda sizlarni qiziqarli taqdimotlar, ajoyib tanishuvlar kutadi.
Ma'lumot o‘rnida: Hozirgi kunda RESULT o‘quv markazi ta'lim berish uslubi, sifati bilan rekord darajada rivojlanib borayotgan O‘zbekistondagi eng yaxshi markazlardan biriga aylandi. O‘quv markazining asosiy maqsadi - jahon talablariga javob beradigan yosh kadrlarni tayyorlash va professional ko‘nikmalarni ulashishdan iborat.
RESULT o‘quv markazi:
Manzil: Mustaqillik maydoni, Alisher Navoiy ko‘chasi, "Poytaxt" biznes markazi, 6 qavat
Mo‘ljal: Alisher Navoiy kutubxonasi
Telefon: +99871 120 2221
RESULT o‘quv markazining filiali:
Manzil: Chilonzor metrosi, Bunyodkor shox ko‘chasi, 52
Mo‘ljal: Integro "B" - blog, 2 qavat
Telefon: +99871 276 7979
RESULT o‘quv markazining yangiliklarini kuzatib boring:
Telegram: telegram.me/ResultUz
telegram.me/EnglishClub2
Facebook: facebook.com/ResultUz
Instagram: instagram.com/ResultUz
Website: www.result.uz