O‘zbekiston | 20:14 / 08.01.2018
22832
3 daqiqa o‘qiladi

Fotolavha: Bosh Prokuratura Media markazi o‘z faoliyatini boshladi

Foto: KUN.UZ

2018 yil 8 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu multimedia markazi Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 14 noyabrdagi “Prokuratura organlari axborot-tahlil faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarorining amaldagi ijrosidir. 

Nafaqat prokuratura balki, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini ham keng yoritishni maqsad qilgan Mediamarkaz mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish, noto‘g‘ri ma'lumotlardan buzg‘unchi va boshqa g‘ayriqonuniy maqsadlarda foydalanish imkoniyatini yo‘qqa chiqarish uchun aholini yuz berayotgan voqea-hodisalardan o‘z vaqtida xabardor etadi. 

Mediamarkaz zamonaviy texnologiyalar va kreativ yondashuvlardan foydalangan holda axborot-tahliliy media materiallarini, shu jumladan audio va videoroliklar, teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlar, ijtimoiy reklamalar, voqea joyidan reportajlar tayyorlab teleefir va Internet tarmog‘iga uzatadi. 

Mediamarkaz Direktori Bobur Alixonov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev 

Qayd etish joizki, Mediamarkaz asosiy e'tiborni davlat rahbari tomonidan qabul qilingan qaror va farmonlarning mazmun-mohiyati va ularda belgilab berilgan vazifalarni aholiga tushunarli, xalqchil qilib yetkazish maqsadida turli media mahsulotlarni tayyorlashga qaratadi. Bundan tashqari, ushbu materiallar infografika va maxsus audiovizual effektlardan foydalangan holda tahliliy mazmundagi ma'lumotlar bilan boyitiladi.

Shu bilan birga, Markaz O‘zbekistonda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan internet kanallar orqali tarqatiladigan noto‘g‘ri, buzg‘unchi va asoslantirilmagan g‘oyalar va xabarlarga nisbatan munosabat bildiradi. 

Tantanali ochilish marosimida XXRning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Sun Litsze, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili, BMTning doimiy koordinator-rezidenti Helena Freyzer va boshqa mehmonlar, vazirliklar va davlat idoralari vakillari, OAV vakillari ishtirok etdi. 

Ochilish marosimi doirasida O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, “O‘zbekkino” milliy agentligi, Taraqqiyot strategiyasi markazi hamda Xalqaro press-klub bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumlar imzolandi. 

 O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Ixtiyor Abdullayev
BMTning doimiy koordinator-rezidenti Helena Freyzer
XXRning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Sun Litsze

O‘zA Bosh direktori o‘rinbosari Sadriddin Suyarov va Mediamarkaz Direktori Bobur Alixonov
 Taraqqiyot strategiyasi markazi direktori Akmal Burhonov va Bobur Alixonov

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid