Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
12 ta eng noyob Porsche’dan iborat kolleksiya sotuvga qo‘yiladi
RM Sotheby’s auksion uyi 964 avlodidagi Porsche 911 sportkarlarining eng qimmatbaho va eksklyuziv kolleksiyasini sotuvga qo‘ydi. Savdolar mart oyida Amelia Island Concours d’Elegance tanlovi doirasida o‘tkaziladi. Butun kolleksiya 7,4 mln dollarga baholangan.
Sotuvga qo‘yilgan avtomobillar eng noyob Porsche’lar bo‘lib, nemis markasining maxsus bo‘limi tomondan takomillashtirilgan. Kolleksiyaga 11 ta 964 kuzovidagi va bitta 930 kuzovidagi mashina kirgan.
Ular orasida boy-yo‘g‘i 45 dona ishlab chiqarilgan va noyob Ferrari Yellow sariq rangidagi Porsche Carrera RSR 3.8 bor. Mashinada bor-yo‘g‘i 765 km yo‘l yurilgan, uning taxminiy narxi 1,2-1,4 mln dollarni tashkil qiladi.
Sotuvga qo‘yilgan yana bir mashina 1993 yilda ishlab chiqarilgan Carrera RS 3.8. Kompaniya bu mashinadan 55 dona ishlab chiqargan. Bu mashina uchun 1,5 mln dollar berilishi taxmin qilinmoqda.
Savdolarga bor-yo‘g‘i 10 dona ishlab chiqarilgan Porsche 911 Turbo S X83 “Flachbau” va “yassi tumshuqqa“ga ega yana bir nechta Porsche qo‘yilgan.











Mavzuga oid
21:31 / 15.07.2026
Ulkan dinozavr skeleti auksionda 50 million dollarga sotildi
18:50 / 29.06.2026
Porsche yangi 911 GT4 R poyga avtomobilini taqdim etdi
22:34 / 27.04.2026
Tarixdagi eng qudratli Porsche elektromobili taqdim etildi
20:45 / 16.04.2026