Nilufar internetdagi özining şaxsiy sahifasiga kirib, yangi xabarlarni öqiy boşladi. Uning diqqatini Aziz (aslida Şerali) degan yigitdan kelgan xabar tortdi. Xabarda iliq fikrlar aytilgan edi. Şu asno Aziz ham internetga kirdi-yu, salom yölladi. Ular tanişib oldi, qizga yigitning gaplari ma'qul keldi. Yigit ham öz navbatida qizning “özgaçalardan özgaça” ekanligini e'tirof etdi, deb yozmoqda “Huquq” gazetasi.
Xullas, virtual olamdagi tanişuv kunora böladigan şirin suhbatlarga aylandi. Suratlar almaşindi. Bir-biriga manzur bölgan yoşlar uçraşib, kelişib olişdi. Oradan bir oy ötib, ular şahardagi nomdor kafelarning birida uçraşişdi, suhbatlaşişdi. Aziz nufuzli idorada işlaşini (garçand heç joyda işlamasa ham), uylanmaganligini (ikki marta uylangan edi), öta mas'uliyatli işi tufayli keyinroq oila masalasi bilan şuğullanmoqçiligini aytib, rosa qizni avradi. Soddadil qiz unga çippa-çin işondi.
- Men sizni körib, uylanişga qaror qildim. Endi uylanmasam bölmaydi, sizsiz yaşolmayman, - dedi tilida, aslida dilida boşqa niyat pinhon edi.
Ular yana bir neça marta restoran va kafelarda uçraşişdi. Har safar yigit qizni sevişini, unga uylaniş uçun barçasiga tayyorligini aytardi. Azizning harakatlari samara berib, qizning işonçiga kirdi. Qizning nozik qalbi unga boğlanib qoldi. Yigit tomon beixtiyor talpinadigan bölib qoldi.
- Yangi uy sotib olayotgan edim, şunga 23 ming dollar yetmay qoldi. Ikkimiz uçun, baxtimiz uçun şunday qilmasam bölmaydi, - dedi Nilufarga tuşuntirib. Qiz uning barça gaplariga işondi. Yiğib yurgan pullari borligini yaşirmadi.
- Menda ham pul bor, siz aytgandek köp bölmasa ham, ançagina bor, qolganini qarz olib, töplab beraman, axir uy ikkimiz uçun-ku, töğrimi, Aziz aka?
Firib törini tobora yoyib, qizning xayollarini iskanjaga olayotgan yigit bor mahoratini işga soldi. Xullas, işontirdi.
Uning gapiga kirgan Nilufar xolasidan 4500 AQŞ dollari olib, roppa-rosa 23 ming AQŞ dollarini yigitga tutqazib yubordi. Aziz ham öz navbatida:
- Bir oylar içida qaytaraman, - deb va'da berdi.
Nilufarning quloğiga sekin şivirlab: “Seni esa eng baxtli ayolga aylantiraman”, dedi. Kelajakdagi tökis baxtning kelişidan qiz yuragi entikib ketdi.
Ular kunora uçraşişar, Aziz qizni uyigaça kuzatib kelardi. Nilufar bir kuni içidagini taşiga çiqardi:
- Aziz aka, bunday yurişimiz yaxşimas, mahallamizdagilar gap-söz qilişadi, ortiqça miş-mişga huşim yöq. Iltimos, sovçingizni tezroq yuborsangiz, har qalay “unaştirilgan-ku”, deb bizni tinç qöyişadi.











