Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 16:32 / 13.01.2018
8450
1 daqiqa o‘qiladi
«Yashil milya» va «Shoushenkdan qochish» filmi mualliflaridan biri vafot etdi
Foto: Variety
AQShda sahnalashtiruvchi rassom, «Oskar» mukofotini ikki marta qo‘lga kiritgan Terens Marsh 87 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Variety xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Marsh Kaliforniyadagi o‘z uyida vafot etgan.
U so‘nggi bir necha yil davomida saraton kasalligi bilan kurashib kelgani aytilmoqda.
Marsh «Oskar»ni «Doktor Jivago» va «Oliver!» filmlaridagi ishlari uchun olgan.