Özbekiston Respublikasi prezidenti «Respublikada ipakçilik sanoatini yanada rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarorni imzoladi.

Davlat rahbari ipak xomaşyosi, ipak paxtasi, ipak mato va undan tayyor mahsulotlar işlab çiqarişni taşkil etiş uçun 5 ta investitsiya loyihasini ma'qulladi. Ularning umumiy qiymati 26 million AQŞ dollarini taşkil qildi.

Uşbu loyihalar doirasida 2018-2021 yillarda ipak xomaşyosi işlab çiqarişni 672 ming tonnaga, ipak paxtasini 243 ming tonnaga, ipak matolarni esa 2 533,6 ming pogon metrga oşiriş rejalaştirmoqda.

5 ta loyiha tijorat banklari tomonidan imtiyozli kreditlar beriş yöli bilan ham moliyalaştiriladi.

Ipak sanoatidagi investitsiya loyihalari taşabbuskorlari işlab çiqariş faoliyati uçun  davlat mulkini «nol» sotib oliş qiymati böyiça oliş borasida murojaat bilan çiqişlari Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari, «Özbekipaksanoat» uyuşmasi hamda Davlat raqobat qömitasi tomonidan ustuvor jihatda körib çiqiladi. Ijobiy qaror uçun investitsiya loyihasining qiymati 5 mln AQŞ dollarini taşkil etişi va «Özbekipaksanoat» uyuşmasining iltimosnomasi talab etadi.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimiyatlari, Yergeodezkadastr davlat qömitasi va «Özbekipaksanoat» uyuşmasi bir oy muddat içida keyinçalik «Agropilla» MÇJga topşiriş uçun joylarda tutzorlar inventarizatsiyasini ötkazadi. «Agropilla» MÇJ plantatsiyalarni ipakni qayta işlovçi va ipak qurti uruğini oliş bilan şuğullanuvçi taşkilotlarga foydalaniş uçun bepul topşiradi.

Bundan taşqari, uşbu kompaniya köçatlar va ipak qurti uruğini tayyorlaş böyiça xöjalik taşkil etiş uçun har bir hududda 30 gektardan suğoriladigan yer ajratadi.

2023 yil 1 yanvargaça «Özbekipaksanoat» uyuşmasi a'zolari quyidagilardan ozod etildi: 

a) belgilangan tartibda tasdiqlangan röyxatlar böyiça olib kiriladigan Özbekiston Respublikasida işlab çiqarilmaydigan asbob-uskunalar, texnika, xom-aşyo va materiallar uçun bojxona tölovlaridan (bojxona rasmiylaştirilişi uçun yiğimlardan taşqari);

b) tutzorlar tomonidan egallagan maydonlarda yer soliğini tölaşdan (imtiyoz umumbelgilangan soliq tölovçilariga tatbiq etiladi);