Toşkent–Xöjakent elektropoyezdi qatnovi «Çinorkent» bekatigaça uzaytirildi. Bu haqda Toşkent mintaqaviy temiryöl uzeli xabar berdi.

Xöjakentdan Çinorkentgaça 1,5 km masofaga temiryöl qurildi, şuningdek, “Çinorkent” temiryöl bekati qurib bitkazildi hamda 22 yanvar kuni foydalanişga topşirildi.

Bu yerda 150 m uzunlikda perron hamda soyabon qurilib, imkoniyati çeklangan yölovçilar uçun sirğanişga qarşi plitalar örnatildi hamda yölovçilar uçun yerosti tunneli barpo etildi.

Endilikda Toşkentdan yölga çiqqan yölovçilar, sayyohlar zamonaviy elektropoyezdda “Çinorkent” temiryöl bekatiga yetib kelişi mumkin.

Eslatib ötamiz, uşbu yönalişda yangi elektropoyezd 2024 yil dekabr oyidan qatnay boşlagan.

22 yanvar kuni, şuningdek, 23,8 kilometrlik Baytqörğon–Parkent elektrlaştirilgan temiryöli qurilişiga start berildi.

“Özbekiston temiryöllari” xabariga köra, yangi yönaliş “Boştransloyiha” AJ tomonidan loyihalaştirilgan. Quriliş işlarini temiryölçilar amalga oşiradi.

Loyiha doirasida 2 ta ajratiş punkti, 4 ta köprik, 2 ta yöl ötkazgiç, 1 ta tunnel turidagi yöl ötkazgiç, 78 ta suv ötkaziş inşooti, 7 ta avtomobil yöli va temir yöli kesişmasi qurilişi rejalaştirilgan.

“Uşbu yangi loyiha yakuniga yetib, foydalanişga topşirilgaç, Parkent tumanining toğli sölim göşalariga taşrif buyuruvçilar, ayniqsa, sayyohlar oqimi sezilarli darajada ortişiga zamin yaratiladi”, – deyiladi xabarda.