Sport | 16:13 / 16.01.2018
7390
1 daqiqa o‘qiladi
Yevropa Superkubogi bahsi Qozog‘istonda o‘tishi mumkin
2020 yilda o‘tkaziladigan Yevropa Superkubogi o‘yinini qabul qilish uchun 9ta shahar ariza topshirdi, deb xabar bermoqda UYeFA rasmiy sayti.
Ular orasida Belarus poytaxti Minsk, Moldova poytaxti Kishinyov va Qozog‘istonning Almati shahri ham bor. Bu shaharlar Tirana, Nitstsa, Xayfa, Xelsinki, Portu va Belfast bilan kurash olib boradi.
G‘olib nomi may oyida e'lon qilinadi. Eslatib o‘tamiz, joriy mavsumdagi Superkubok bahsini Estoniya poytaxti Tallinn shahri qabul qilgan edi.