Shahnoza Mirziyoyeva yangi vazirlikda ishlamoqda
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qizi Shahnoza Mirziyoyeva yangi tashkil etilgan Maktabgacha ta'lim vazirligi tizimida ish faoliyatini boshladi. Bu haqda vazirlik rasmiy saytida xabar berilgan.
Ma'lum qilinishicha, Shahnoza Shavkatovna vazirlik tizimida Maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlamoqda.

Bundan avval, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 19 dekabr kuni o‘tkazilgan maktabgacha ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarni tahlil qilish va istiqboldagi vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida ishtirok etgan Shahnoza Mirziyoyeva vazir Agrepina Shin hamda uning o‘rinbosarlari qatoridan joy olgandi. Ushbu videoselektor yig‘ilishi «O‘zbekiston» telekanali orqali namoyish etilgan.
Eslatib o‘tamiz, davlat rahbarining joriy yil 30 sentabrdagi «Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonida soha oldidagi dolzarb vazifalar va ustuvor yo‘nalishlar belgilab berilgandi. O‘sha kuni qabul qilingan Prezident qaroriga asosan bu sohada alohida vazirlik – O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etilgan.
Maktabgacha tarbiya ta'lim tizimining birlamchi va eng muhim bo‘g‘ini hisoblanadi. Sog‘lom genofondni, yetuk kadrlarni tarbiyalash, avvalo, shu tizimdan boshlanadi.
Biroq shu paytgacha bu tizim rivojlanishdan ortda qolgan edi. Oxirgi 20 yil davomida davlat tasarrufidagi maktabgacha ta'lim muassasalari soni 45 foizga kamaygan. Oqibatda maktabgacha yoshdagi bolalarning 33 foizi bog‘chalarga qamrab olingan, xolos.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda O‘zbekiston va Vetnam siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston | 11:31
-
Ovechkin NHLning muntazam chempionatlaridagi gollar bo‘yicha rekordni yangiladi
Sport | 11:29
-
Kawasaki o‘zining robot otini namoyish etdi. U tog‘larda ham yugura oladi
Fan-texnika | 11:24
-
Prezident yana bir bor Ukraina, Yaqin Sharq va Afg‘oniston masalasiga e’tibor qaratdi
O‘zbekiston | 10:47
Mavzuga oid

11:02 / 23.10.2024
Asila Mirzayorova nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha maxsus vakil bo‘ldi

19:16 / 11.09.2024
Har bir kambag‘al oilaning kamida bir a’zosi oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun sharoit yaratiladi

21:42 / 04.09.2024
Maktablarning bo‘sh yerlarida DXSh asosida bog‘cha qurishga ruxsat beriladi

12:09 / 23.08.2024