Argentinalik va braziliyalik futbolçilarning bir jamoada ahil bölib öynay olmasliklari haqidagi afsonalardanda ahmoqona fikrlar bölmasa kerak. Maradonaning öz vaqtida Kareka-yu Alemao bilan ajoyib uçlik hosil qilganini unutdik deb tasavvur qilaturaylik, «Barselona»dagi Alveş va Messi boğlami bunday iddaolarni beş yil davomida çilparçin qilgandi. Ikki mavsumda Alveş-Messi juftligi birgalikda yaratiş böyiça Ligada peşqadamlik qilgandi.
Maydondagi bunday samarali boğlamning siri özaro döstlik ostida edi. Yigitlar öyinlardan oldin ham birgalikda çigalyozdi qilişar, töpni yerga tuşirmasdan 40 metr masofaga bir-birlariga oşirişardi. Alveş Barselonani tark etganda, endi jamoa heç qaçon bunday futbolçi topa olmasligini Messi aytganida naqadar haq bölganini keyingi mavsumlar körsatib berdi. Alveşsiz ötgan ikki yilda «Barselona» öng qanotga uç futbolçini sinab körişga ulgurdi — Serxi Roberto, Vidal va Semedu — ammo ularning heç qaysisi Alveşning örnini tölaqonli bosa olmadi.
«Men doim Alveş bilan yonma-yon edim — yeçiniş xonasida ham, maşğulotlarda ham, maydonda ham. Biz uzoq yillar bir qanotda töp surdik va bir-birimizni juda yaxşi tuşunardik», — deb soğinib eslaydi Leo.
Bu boğlam hatto Pep Gvardiolani öz sxemasini özgartirişga majbur qila olgandi — 4-3-3 ni yoqtirgan Pep Alveşning hujumga çiqib ketaverişini inobatga olib, köproq 3-3-4 ga özgatirgandi — bu sxemada Alveş deyarli 3 hujumçi bilan bir çiziqda töp surgandi.
«Kamp Nou»dagi öyinlardan birini stadionda tomoşa qilgan maşhur ingliz futbol tahlilçisi Maykl Koksning sözlariga e'tibor bering: «Faqat stadionda turib Alveşning bu rolga naqadar mos ekanini köriş mumkin. Uning aqlbovar qilmas energiyasi butun qanotni yopiş imkonini beradi va u juda yuqori tempda Messiga golli uzatmalarni amalga oşirişga ham ulguradi».
Aynan braziliyalik futbolçi Messiga eng köp golli uzatma amalga oşirgani bilan tarixga kirib ulgurgan. Hali heç kim unga yetib ololmasa kerak.
Messi — Alveşni faqat iqtidor emas, futbolni bir xil tuşuniş ham bu darajada yuqoriga kötarib turardi. Messi faoliyatining dastlabki yillarida qanotdan jarima maydoniga kirib borişni xuş körardi, öşa paytlarda Alveş muvozanatni saqlaş uçun markazni yopar, keyinçalik, Messi köproq markazga ötib öynay boşlaganda, Alveş qanotda faollaşdi.

Alveş 2009/10 yilgi mavsumda 6ta, 2010/11 yilgi mavsumda ham 6ta, 2011/12 mavsumida esa 7 marta Messiga golli uzatma amalga oşirgandi.














