O‘zbekiston | 10:50 / 23.01.2018
4860
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda Saylov kodeksi ishlab chiqiladi

Foto: O‘zA

Davlat dasturiga asosan 2018 yil 1 iyulga qadar Saylov kodeksi ishlab chiqiladi.

Adliya vazirligining telegramdagi Huquqiy axborot kanalida (@huquqiyaxborot) ma'lumot berilishicha, kodeksda bugunga qadar tarqoq holda amal qilgan saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini xalqaro norma va standartlar talablaridan kelib chiqib unifikatsiya qilish, saylov jarayoniga nisbatan yagona shaffof va samarali yondashuvlar nazarda tutiladi.

Shuningdek, Dasturga asosan saylovchilarining Yagona elektron ro‘yxati axborot tizimini takomillashtiriladi. 

Saylovchilarning turar (yashash) manzillari yagona bazasini yaratilib, uni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha maxsus vakolatli organ belgilanadi.

Mamlakat siyosiy sahnasida sog‘lom raqobatni ta'minlash maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasidan O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari uchun belgilangan kvotani bekor qilish nazarda tutilmoqda.

UzA Qarshiyev Aziz
Tayyorlagan UzA Qarshiyev Aziz
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid