Xitoyning yirik klinikalari mamlakatning moslaşuvçan qonunçiligi tufayli 2015 yildan buyon CRISPR/Cas9 usuli yordamida inson genomini özgartirişga doir tajribalarni ötkazmoqda. Wall Street Journal şu haqida xabar berdi. Boşqa mamlakatlarda bunday tajribalar — insonlarning genetik modifikatsiyalaşga boğliq tajribalar kabi - taqiqlangan. 

Ma'lumki, saraton va qator boşqa kasalliklar — inson hujayrasi mutatsiyasi natijasi. Onkokasallik yuzaga kelgan taqdirda, mutatsiyaga kirişgan hujayra boşqa tabiiy yöl bilan, "qarilik"dan ölmaydi. Ba'zi olimlarning ançadan beri taxmin qilişlariça, saraton hujayralari DNKsidagi xatolarga tuzatiş kiritilsa, ölmas hujayralarni yana öladigan qiliş mumkin va şu tariqa saraton muammosini hal qiliş mumkin.

Muammo şundaki, yaqin-yaqingaça inson DNKsini tahrirlaşga oid nisbatan maqsadli usullar yöq edi. Bir neça yil oldin ma'lum bölişiça, bakteriyalarning CRISPR'ga qurilgan öz immun tizimi mavjud. Uşbu bakterial jihozlardan nusxa köçiriş yordamida DNKdan kerakli uçastkalarni ajratib, ularni boşqalariga almaştiriş mumkin. 

Nazariyaga muvofiq, bunday usul bilan nafaqat saraton, balki bugungi kunda insoniyat genofondidagi kamçiliklar natijasida yuzaga kelgan köplab bedavo kasallliklarni davolaş mumkin, masalan, tuğma közi ojizlikni. 

Şunday bölsa-da, aksariyat mamlakatlar qonunçiligi bunday tajribalarni taqiqlaydi, hatto bemor tajriba obekti bölişga rozilik bergan taqdirda ham. XXRda yirik klinikalarning etik qömitalari köngillilar bilan şunday şartnoma imzolaş huquqiga ega. Manbaga köra, 2015 yildan buyon kamida 86 kişi şunday xizmatlardan foydalangan. Bu asosan saratonga yöliqqan bemorlardir.