Jahon | 10:27 / 24.01.2018
10655
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada KXDR hakerlari Rossiya orqali hujum uyushtirganini ma'lum qildi

Foto: Global Look Press

Kanadaning Toronto shahri va uning atrofidagi jamoat transporti hamda aeroportlar tizimi ishini ta'minlash bilan shug‘ullanuvchi Metrolinx kompaniyasi vakili Anna-Mari Eykinsning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya KXDRdan bo‘lgan hakerlar hujumiga uchradi. Bu haqda CBC xabar bermoqda.

«Kiberhujum maxfiylikning buzilishiga olib kelmadi va qandaydir xavfsizlik tizimi ishini izdan chiqarmadi», - deya aytib o‘tdi Eykins.

Manba so‘zlariga ko‘ra, hakerlar kompaniya kompyuterlariga zarar yetkazgan virusni Rossiya hududi orqali tarqatishgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid