O‘zbekiston Xalqaro migratsiya tashkilotiga qo‘shilishi kutilmoqda

Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi
O‘zbekiston yaqin orada Xalqaro migratsiya tashkilotiga qo‘shiladi. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi axborot xizmati shu haqida xabar berdi.
Bugun, 24 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri A.Xaitov Xalqaro migratsiya tashkiloti (XMT)ning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy katta maslahatchisi M.Profazi, XMTning Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy koordinatori Deyan Keserovich va tashkilotning O‘zbekiston bilan aloqalar bo‘yicha xodimi S.Toshboyevlardan iborat delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda O‘zbekistonning XMT bilan hamkorligining joriy holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi. O‘z navbatida, M.Profazi samimiy qabul uchun minnatdorlik izhor etib, O‘zbekiston fuqarolarining Qozog‘iston Respublikasi hududida fojiaviy vafoti munosabati bilan o‘zining chuqur ta'ziyasini bildirdi. Profazi tashkilot O‘zbekiston bilan aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishga tayyor ekanini tasdiqladi.
Tomonlar, shuningdek, O‘zbekistonning XMTga a'zo bo‘lishi hamda ikki tomonlama hamkorlikni kelgusida yanada rivojlantirish yo‘llarini muhokama qilishdi. O‘zaro hamkorlik yo‘nalishlarida chet ellarga chiqayotgan mehnat migrantlarining xabardorligini oshirish masalalariga e'tibor qaratildi. Shu asnoda fuqarolarning xabardorlik darajasini oshirishga mo‘ljallangan hamkorlikdagi ma'lumotlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiqligi ta'kidlandi.
Ikki tomonlama hamkorlikning yana bir muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida uzoq yillar davomida mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq masalalarga muvaffaqiyatli tarzda yechim topib kelayotgan xorijiy davlatlarning tajribasini o‘rganish qayd etildi.

Birgalikda odam savdosiga qarshi kurashish masalasi XMT bilan o‘zaro hamkorlikning muhim yo‘nalishi sifatida belgilandi. Ushbu yo‘nalishdagi XMT dasturlarini O‘zbekiston tajribasi asosida hayotga tatbiq etish masalalariga ham e'tibor qaratildi.
Hamkorlikning muhim va istiqbolli yo‘nalishlari orasida odam savdosi jabrdiydalarini reabilitatsiya qilish va ularning bandligini ta'minlash masalalari qayd etib o‘tildi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston tomoniga birgalikda moliyalashtirish asosida hamkorlikdagi loyihani amalga oshirish masalasini ko‘rib chiqish taklif etildi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sloveniyaning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 19:47
-
Buyuk Britaniya migrantlarni qabul qilish qoidalarini kuchaytirmoqchi
Jahon | 19:47
-
Kambag‘al oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya to‘lanadi
O‘zbekiston | 19:09
-
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
O‘zbekiston | 19:05
Mavzuga oid

13:44
Xitoy O‘zbekiston bilan avtoehtiyot qismlar ishlab chiqarishda hamkorlik qiladi

14:12 / 09.05.2025
O‘zbekiston va BAA turizm sohasida kadrlar tayyorlashni boshlaydi

17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

21:05 / 27.03.2025