Bugungi kunda firibgarlik mulkka qarşi qaratilgan jinoyatlar içida eng köp tarqalayotganidir. Buni statistik ma'lumotlar tasdiqlaydi, deb yozmoqda “Postda” gazetasi.

“Afsungar”

Uşbu voqea “qahramon”i tomonidan körsatilgan “afsungarlik” ham kişini taajjubga soladi.

Endigina yigirma yoşga qadam qöygan farğonalik S.Malika (ismlar özgartirildi) “ulkan rejalar”ni közlagan holda Xorazmga taşrif buyurdi. U Urganç şahridagi “safari”ni Özbekiston köçasida joylaşgan dökon sotuvçisi Q.Dilorom bilan tanişuvdan boşladi. Xuşmuomala, şirinsöz “mehmon” özaro suhbat çoğida tilla taqinçoqlarini arzon narxda sotmoqçi ekanini aytib ötadi. Buni eşitgan Dilorom taqinçoqlarni körsatişni iltimos qiladi. Nihoyatda nafis, bejirim işlangan tilla buyumlarni körgan sotuvçi ayolning qiziqişi yanada ortadi. U darhol qöşni binoda faoliyat yuritayotgan zargardan maslahat söraydi. Tilla buyumlarni diqqat bilan közdan keçirgan zargar ular sof oltindan yasalganini aytadi.

Dilorom uç turdagi tilla taqinçoqlarni 6 million 500 ming sömga sotib oladi. Pulni sanab olayotgan Malika özining afsungarlik “mahorati”ni işga solib, xaridorga pulini qayta sanab berişini iltimos qiladi. Tilla buyumlarni stol ustiga qöygan xaridor pulni qayta sanay boşlaydi. Bundan foydalangan Malika ularni soxtasiga almaştirib qöyadi...

Qalbaki taqinçoqlarni tanişlariga körsatgan Dilorom aldanganini biladi va içki işlar organiga xabar beradi.

Urganç şahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor suriştiruv işlari natijasida “afsungar” firibgar aşyoviy dalillar bilan qölga olindi. 

“Nafasi ötkir folbin”

Ötgan yilning 9 iyun kuni Qaşqadaryo viloyatining Şahrisabz tumanida yaşovçi O.Erkinoy Gurlan tumanidagi Yangi asl mahallasida tilançilik bilan şuğullanib yurib, şu mahallada yaşovçi, 1950 yilda tuğilgan Ş.Abdullayevaning xonadoni eşigini qoqadi. Xonadon sohibasi ostonada turgan ayolni körib, uni içkariga taklif qiladi. Bunday iltifotdan boşi osmonga yetgan “mehmon” ostona hatlaydi-yu, qörquvdan seskanib tuşadi.

- Ibi-i-i, dugonajon, - deydi u yoqasini uşlagança, - uyingizda nimalar bölyapti?

Xonadon sohibasi “bilmasam” degandek, yelka qisadi.

- Uyingizda duo bor. Agar u yöq qilinmasa, öğlingiz aroqxör bölib ketadi, keliningiz esa köp ötmay ölib qoladi.