Dam oliş kunlari Özbekiston hududiga Şimoliy Qozoğiston orqali Ğarbiy Sibirda hosil bölgan sovuq havo oqimi kirib kelişi haqida xabar berildi. "Özgidromet" sovuq havo harorati me'yordan 7-12 darajagaça pasayib, ob-havoning anomal sovuq bölişi kutilayotganini ma'lum qildi. Şu munosabat bilan böron ogohlantiruvi e'lon qilingan. KUN.UZ muzlaş belgilari va anomal sovuqda qanday harakat qilişga doir ma'lumotlarni töplab taqdim etişga qaror qildi.
Muzlaş belgilari
Uzoq vaqt suvda, qorda yoki sovuqda qoliş, boz ustiga mast holatda böliş natijasida organizm muzlab qolişi mumkin. Qöl barmoqlari va yuzning oçiq qismi — yonoqlar, burun, quloqlarni muzlatib oliş mumkin. Havo öta sovuq bölsa, oyoq barmoqlari ham xavf ostida böladi, ayniqsa poyabzal siqsa yoki nam bölsa.
"Odatda muzlagan kişi öz holatini his qilmaydi va bu taşxis qöyişni qiyinlaştiradi. Şuning uçun uning belgilarini biliş muhim", - deya ogohlantirişadi markaz mutaxassislari.
Dastlab odam sovuqni his qiladi, keyin — qiziydi, avval teri qizaradi, keyin kasallik boşlanadi. Terining sezuvçanligi buziladi, uvişiş kuzatiladi.
Muzlaş darajalari
Afsuski, aksariyat holatlarda inson muzlaganda öz holatini his qilmaydi: har doim ham darajasini aniqlab, töğri qaror qabul qila olmaydi, deyişadi şifokorlar. Bu vaziyatda eng yaxşi qaror — tibbiyot xodimiga murojaat qiliş.
I darajada terida qizariş va uvişiş kuzatiladi, terining ziyon yetgan qismi sezuvçanligini yöqotadi, qiziydi va qiçişadi. Isitiş va işqalaş natijasida muzlagan teri qizara boşlaydi. Birinçi darajali muzlaş bir haftadan keyin ötib ketadi;
II daraja teri qatlamlariga yanada çuqur ziyon yetişi bilan kuzatiladi, terida şaffof suyuqlikka ega pufakçalar paydo böladi;
III darajada töqimalar jonsizlanadi, qayta tiklaniş jarayoniga taxminan bir oy ketadi, jarohat izlari qoladi;
IV darajada nafaqat teri, balki suyaklar va böğinlarga ham ziyon yetadi. Ziyon yetgan töqimalar kökimtir rangda böladi, pufakçalar paydo böladi.
Kuçli sovuqdagi xatti-harakatlarga doir qoidalar












