Sport | 20:20 / 26.01.2018
11097
2 daqiqa o‘qiladi

Charm kurtkali va ko‘zi ko‘kargan «xitoylik» Ronaldu - dunyoning eng yaxshi futbolchisi

«Real» va Portugaliya terma jamoasining hujumchisi Krishtianu Ronaldu Xitoyning Dongqiudi portali talqiniga ko‘ra, dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Muxlislar orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 32 yoshli futbolchi faoliyatida ikkinchi marta bu sovrinni qo‘lga kiritdi.

Madridliklar yetakchisi «Leganes»ga (1:2) qarshi Ispaniya Kubogi bahsidan so‘ng, taqdirlash marosimiga bordi.

Ronaldu tadbirga charm kurtka va ko‘kargan ko‘zi bilan tashrif buyurdi. Ma'lumki, «Deportivo»ga qarshi o‘yinda u raqib bilan to‘qnashib ketib, yuzi yorilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2017 yilda Ispaniya chempionati va Superkubogi, Chempionlar Ligasi, UYeFA Superkubogi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘alaba qozondi.

Shuningdek, 5-marta «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritib, FIFA va Globe Soccer Awards talqiniga ko‘ra, dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.