O‘zbekiston | 19:41 / 26.01.2018
8091
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat organlari va xususiy sektor hamkorligi mexanizmlari muhokama qilindi

Foto: KUN.UZ

26 yanvar kuni Xalqaro hamkorlik markazida Maslahatlashuv kengashining "O‘zbekiston Respublikasida Davlat-xususiy sektor hamkorligi (DXSH) mexanizmlarini qo‘llash" mavzuidagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda qator vazirliklar, xalqaro tashkilotlar va xorijiy kompaniyalar vakillari ishtirok etishdi.

KUN.UZ muxbirining xabar berishicha, yig‘ilishda huquqshunoslik fanlari doktori, Huquqiy muammolarni o‘rganish markazining direktori Shamil Asyanov, YeIning Qozog‘istondagi vakolatxonasi katta menejyeri Ilya Novikov, Centil kompaniyasining O‘zbekistondagi hamkori U.Aripjanov  va boshqalar so‘zga chiqib, O‘zbekiston  qonunchiligida Davlat-xususiy sektor hamkorligining fuqarolik-huquqiy aspektlari, infratuzilmaviy cheklovlarni olish, mamlakatda DXSH loyihalarini amalga oshirishning amaliy mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish kabi masalalarda fikr bildirib, zarur tavsiyalar bilan bo‘lishishdi.

Foto: kun.uz

Shuningdek, qator vakolatli mutaxassislar, shu jumladan xorijiy ekspertlar ham davlat organlari va biznes-hamjamiyati o‘rtasidagi tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yishga doir tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Xalqaro tuzilmalar vakillari eng yaxshi jahon tajribalari misolida o‘z tavsiyalarini berishdi.

Ta'kidlash joizki, "Davlat-xususiy sektor hamkorligi to‘g‘risida"gi Qonun loyihasi O‘zbekistonda DXSH mexanizmini yo‘lga qo‘yishdagi birinchi qadam bo‘ldi.

Mavzuga oid