Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev Koreya Respublikasi prezidentiga hamdardlik bildirdi
Foto: Yonhap
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje Inga hamdardlik bildirdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston rahbari Milyan shahridagi shifoxonada yuz bergan yong‘in oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan chuqur ta'ziya izhor etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreyaning Milyan shahrida joylashgan shifoxonadagi yong‘in natijasida 31 kishi halok bo‘lgani xabar berilgandi. Ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in shifoxonaning birinchi qavatidagi tez yordam bo‘limida boshlangan. Shuningdek, 40 inson jabrlangani haqida xabarlar tarqalgan. Yong‘in vaqtida shifoxonada taxminan 100 kishi bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:47 / 03.05.2026
Prezident Janubiy Koreya bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi
19:13 / 12.12.2025
Akademik Abdulla Ubaydullayev vafot etdi
18:03 / 24.08.2025
Iordaniya podshohi davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi
23:38 / 29.03.2025