Jahon | 20:38 / 27.01.2018
5897
1 daqiqa o‘qiladi

Zeman Chexiya prezidenti saylovlarida g‘olib bo‘ldi

Foto: reuters

Chexiyada 27 yanvarda yakunlangan prezident saylovlarida Chexiyaning amaldagi prezidenti Milosh Zeman g‘olib bo‘ldi va ikkinchi muddatga saylandi. Chexiyaning statistik boshqarmasi tomondan 86,86 foiz saylov uchastkalaridan olingan ma'lumot qayta ishlagandan keyin Zeman 52,94 foiz ovoz to‘plagani ma'lum bo‘lgan. Uning raqibi – Chexiya fanlar akademiyasining sobiq rahbari Irji Dragoshga 45,07 foiz ovoz berilgan. Saylovlardagi ishtirok 66,17 foizni tashkil qilgan.

Saylovlarning yakuniy natijalari yaqin soatlarda olinishi kutilmoqda.

Ta'kidlanishicha, Dragoshning shtabida tushkun kayfiyat hukm surmoqda. U yaqin orada o‘z mag‘lubiyatini tan olishi, Zeman esa matbuot anjuman berishi kutilmoqda.

Mavzuga oid