Jamiyat | 22:40 / 30.01.2018
88994
2 daqiqa o‘qiladi

“Oqtepa lavash” mojarosi: aslida nima bo‘lgan edi va endi nimalar bo‘ldi? (video)

Kuni kecha Toshkent shahridagi “Oqtepa lavash” kafesida ro‘y bergan mojaro internet foydalanuvchilari tomonidan keng muhokama qilindi. Bunga mijozlardan biri tomonidan kafedagi non mahsuloti qadog‘i va devorlarda yurgan suvaraklar tasviri tushirilgan videorolik sabab bo‘ldi.

Ushbu vaziyatga “Oqtepa lavash” kafesi ma'muriyati o‘z munosabatini bildirdi. Olib borilgan ishlar videomurojaat tariqasida ma'lum qilindi.

- Assalomu alaykum hurmatli hamshaharlar va mehmonlar, - deya gap boshlagan o‘zini “Oqtepa lavash” kafesining bosh menejyeri deb tanishtirgan Shuhrat ismli shaxs. – Kecha bo‘lib o‘tgan voqealarga qisqacha izoh beraman. Biz joriy yilning 15 yanvar kuni tuman sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bilan birga dezinfeksiya ishlarini olib borgan edik. Ammo bu natija bermadi. Chunki kafe tepasida aholi turar-joyi mavjud. Shundan so‘ng, 29 yanvar kuni sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga yana murojaat qildik va kafe tepasida joylashgan aholi turar-joylari bilan qo‘shib, qayta dezinfeksiya ishlarini olib bordik.

Bundan bu yog‘iga bunday ko‘ngilsiz holatlar bo‘lmasligiga barcha mehmonlar va mijozlarimiz oldida va'da beramiz, - deya o‘z so‘zlarini yakunlagan bosh menejyer.

Bundan tashqari, kafe ma'muriyati va ishchi-xodimlari mijozlardan uzr so‘rash maqsadida o‘ziga xos ko‘rinish qilishgan.

Mavzuga oid