Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Go‘sht narxi nega ko‘tarilmoqda?
Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi mamlakatda go‘sht narxining oshish sabablariga aniqlik kiritdi.
Ta'kidlanishicha, viloyatlar va tumanlarda chorvachilik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash komplekslarining yetarli darajada rivojlanmagani, fermer va dehqon xo‘jaliklarining mahsuldor chorva mollari bilan ta'minlanmagani hamda mahsuldor chorva mollarini yetishtirish sohasidagi ilmiy izlanishlarning yetishmasligi go‘sht va go‘sht mahsulotlari narxining oshib ketishiga olib kelmoqda, deb yozadi O‘zA.
Ozuqa-yem mahsulotlarini yetishtirish uchun yer maydonlarining yetishmasligi, yerlarning sho‘rlanishi, ozuqa-yem mahsulotlari tannarxining yuqoriligi, realizatsiya qilishdagi “vositachilar”ning ko‘pligi ham go‘sht mahsulotlari narxining qimmatlashuviga sabab bo‘lmoqda.
Ma'lumot uchun: 2017 yilda mol go‘shti 35,9 foizga, qo‘y go‘shti – 31,4 foizga, parranda go‘shti – 33,1 foizga oshgan.
Mavzuga oid
17:43 / 11.05.2026
Gaz to‘ldirish shoxobchalarida propan narxi qimmatlashdi
08:07 / 05.05.2026
Niderlandiya poytaxtida go‘sht va avtomobillar reklamasi taqiqlandi
17:49 / 24.04.2026
«Go‘sht va kartoshkadan hech qanday muammo bo‘lmasligi kerak» – prezident
10:53 / 24.04.2026