Jamiyat | 23:31 / 31.01.2018
8072
1 daqiqa o‘qiladi

Mushuk Leopold haqidagi multserial rejissyori Anatoliy Reznikov vafot etdi

Sobiq ittifoq davrida ijod qilgan, multfilmlar rejissyori Anatoliy Reznikov 77 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda jurnalist Susanna Alperina ma'lum qildi.

“Menga Reznikovning oilasi bilan do‘st tutingan tanishlarim Germaniyadan qo‘ng‘iroq qilishdi va Reznikovning bugun ertalab hayotdan ko‘z yumganini ma'lum qilishdi”, deb aytgan Alperina.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, multiplikator 31 yanvarda Germaniyaning Zolingen shahrida vafot etgan. Uning o‘limi sabablari ma'lum qilinmagan. 

Reznikov 1960-yillar o‘rtalarida multfilmlar yaratishga qiziqib, multiplikatsiya asoslarini o‘zlashtira boshlagan.

U o‘zining birinchi multfilmlarini “Ekran” ijodiy uyushmasi negizida yaratgan. Unga “Bir kovboy, ikki kovboy” multfilmi va mushuk Leopold haqidagi multserial taniqlik keltirgan. 

Reznikov Sobiq ittifoqning bolalar adabiyoti va san'ati asarlari uchun davlat mukofoti bilan taqdirlangan.