Deputatlar «Avtotest» yuzasidan hukumatga so‘rov yuboradi

Foto: UZ24.uz
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bir guruh deputatlari Vazirlar Mahkamasiga deputatlik so‘rovini yuborishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar beradi.
Ma'lum qilinishicha, quyi palatadagi 3ta fraksiya a'zolari, shuningdek eko-harakat a'zosidan iborat deputatlar guruhi «yuridik shaxslarning haydovchilik malakasini har ikki yil qayta oshirish» bo‘yicha 2017 yil 4 sentabr kuni qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 693-son qarori yuzasidan deputatlik so‘rovini tayyorlagan. Hozircha so‘rovnomada nimalarga urg‘u berilishi aytilmagan.
Gap shundaki, Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan mazkur qaror bilan «yuridik shaxslarning haydovchilik malakasini oshirish huquqi» faqat «Avtotest-Report» MChJga tegishli etib belgilangan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasulbek Kusherbayev esa bu haqda shunday deydi:
«Nega aynan «Avtotest»? Nima uchun 5-6 yil emas, ikki yil? Nima uchun birgina MChJga bunday vakolat topshirilmoqda?».
Oliy Majlis Deputatining fikricha O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining «Innovatsion o‘qitish uslublarini joriy etish yo‘li bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek, ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaror qayta o‘rganib chiqilishi kerak.
Deputat Qodir Jo‘rayev esa «bu yerda monopoliyaga qarshi qonunchilik talablari inobatga olinmaganligini» ta'kidlagan.
«Bu holat esa o‘z navbatida bunday xizmatlarni ko‘rsatuvchi sub'yektlar o‘rtasida raqobat muxitini shakllanishi o‘rniga, aksincha, bitta MChJning monopoliyasining o‘rnatilishiga, raqobatchilarning bozordan siqib chiqarilishiga yo‘l ochib bergan», deydi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ma'lumot uchun, ochiq ensiklopediya va OAV xabarlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati boshlig‘i Komil Allamjonov «Avtotest» innovatsion avto maktab asoschisi sifatida e'tirof etilgan.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniyaning yangi tashqi ishlar vaziri Boltiqbo‘yida xavfsizlikni mustahkamlash niyatida
Jahon | 14:43
-
Toshkentda Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasi o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 14:41
-
Hindistonga qarshi operatsiya boshlagan Pokiston, ozod qilingan O‘zturk va AQShga bojlar bilan tahdid qilgan YeI – kun dayjesti
Jahon | 14:37
-
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 49 mlrd dollardan oshdi
Iqtisodiyot | 13:59
Mavzuga oid

16:40 / 23.11.2024
Propan narxi keskin oshib ketgani yuzasidan mas’ul idoralarga deputatlik so‘rovi yuborildi

18:02 / 07.01.2021
Moliya vazirligi: Urgutdagi maktablar ta'miri bo‘yicha deputatlik so‘roviga o‘z vaqtida javob berilgan

17:04 / 22.12.2020
Pisand qilinmayotgan deputatlik so‘rovlari: buning uchun kim javob beradi?

18:29 / 24.06.2020