Namunali uylarning “namunalari” qachon bartaraf etiladi?
KUN.UZ tahririyatiga Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumanida 2013-2015 yillarda barpo etilgan namunali uylarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan shikoyatlar kelib tushdi. Tahririyat muxbiri holatni o‘rganish maqsadida dastavval O‘rtachirchiq tumani “Yangi hayot” MFY Ziyokor ko‘chasida qurilgan namunali uylar bilan tanishdi. Xo‘sh, bu yerda istiqomat qiluvchi fuqarolar nimalardan nolishmoqda?
Ularning aytishlaricha, garchi loyiha bo‘yicha uylarning atrofi obodonlashtirilishi, uylarning ko‘chaga yondosh hududlarida beton suvoqizgichlar o‘rnatilishi, kanalizatsiya tarmog‘iga ulanishi kerak bo‘lsa-da, bu ishlar amalga oshirilmagan, o‘lda-jo‘lda qolib ketilgan.
Namunali uylar bir vaqtlar paxtani tozalash zavodi hududida barpo etilgani bois, hozir ham ayrim uylarning hovlisida zavoddan qolgan “yodgorliklar” – asfalt qoplamalar bor. Aslida, pudratchilar bu qoplamalarni olib tashlashi hamda o‘rniga tuproq to‘ldirishi ham lozim edi. Ba'zi xonadonlar bu ishlarni o‘z kuchlari amalga oshirgan. Quruvchilar tomonidan kovlab olingan asfalt qoplamasi esa, katta qatnov yo‘li tomonidan ko‘rinmaydigan Ziyokor ko‘chasining orqa tomoniga to‘kilgan. Ichimlik suvi masalasi ham ijobiy hal etilmagan. Yaqindagina fuqarolarning o‘zlari tashabbus ko‘rsatib, ichimlik suvi quvurini boshqa tarmoqqa ulashgan. Uylar devorlarining yorilib ketganini aytmay qo‘ya qolaylik. Shu bilan birga, aksariyat uy egalarida, garchi ular kredit bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirib kelayotganlariga qaramay, kadastr hujjatlari mavjud emas.
Aholi bir necha ko‘cha orqali katta yo‘lga chiqish imkoniyati bo‘lishi kerak edi. Ammo bu yerga kirgan inson mahallani bir aylanib yana shu yerdan chiqib ketishga majbur. Tumanning sobiq bosh arxitektori Ubaydulla Boltaboyevga qarashli ekani aytilgan bino boshqa bir yo‘lni to‘sib qo‘ygan. Qurilish standartiga umuman javob bermaydigan (e'tibor bering, yirik gaz quvuri bino devori orasida qolib ketgan), qolaversa, loyihada yo‘l bo‘lishi ko‘zda tutilgan joyda bir nechta bino barpo etilgani kishini ajablantirdi. Qolaversa, namunali uylarda istiqomat qilayotgan aholi ko‘chaga bino qurmaslikni so‘rab Ubaydulla Boltaboyevga murojaat qilishganida, kimga borsanglar, boraveringlar, deya javob qilgan. Mutaxassisligi arxitektor bo‘lgan kishining qonunni mensimasligi nimadan dalolat beradi? Yoki Boltaboyevga O‘zbekiston qonunlari bir chaqami? Albatta, bu masalani kerakli idoralar qonuniy o‘rganib, chora ko‘rishlariga ishonch bildirib qolamiz.
Ayni vaqtda mazkur bino tashlandiq ahvolda, bir tomonida darvoza va ikkinchi tomonida temir eshik o‘rnatilgani sababli ikkinchi smenada yo‘lni qisqa qilmoqchi bo‘lgan maktab o‘quvchilariga noqulaylik tug‘diradi. Bundan tashqari, aholining aytishicha, bu yer kechqurunlari bebosh va daydi fuqarolar to‘planadigan joyga aylanib bormoqda.
Biz mazkur muammolar yuzasidan izoh so‘rab O‘rtachirchiq tuman hokimligi borib, tuman rahbari Olimjon Nurmatov bilan uchrashdik. O.Nurmatov yuqori qayd etilgan masalalar bo‘yicha barcha fikrlarni inobatga olishini, joyiga borilib barchasi ikir-chikirigacha o‘rganilishini ta'kidladi hamda xodimlariga ko‘rsatmalar berdi. Obodonlashtirish va yo‘l qurilishi poyoniga yetkazilishiga va'da berdi. Albatta, har bir ish xotimasi bilan baholanadi. Va'da ham ijrosi bilan go‘zal bo‘ladi. Biz va'da berilgan ishlar bo‘yicha bu mavzuga yana qaytamiz.
Shu o‘rinda mutasaddi va nazorat organlarining diqqat-eʼtiborini yuqoridagi muammo negiziga qaratishni xohlar edik. Ma'lum bo‘lishicha, qurilish ishlari tendersiz olib borilgan va ixtisosligi bo‘lmagan kishilar ham qurilish firmasi ochib, malakasi bo‘lmagan yollanma ishchilarni ishlatib, qurilish ishlarini amalga oshirgan. Loyihada belgilangan barcha talablarga amal qilinmagan. Buning ortidan birgina yuqorida ko‘rib chiqilgan holatda bir necha kishi qamalib ketgan.
Aytmoqchi bo‘lganimiz shuki, hozirda qurilayotgan uylar qurilishi nazoratchi organlar tomonidan sidqidildan tekshirilsa, kamchiliklar o‘z vaqtida aniqlansa hamda loyiha talabi bo‘yicha qurish ishlari amalga oshirilsa, yana bir necha yildan keyin, 2018 yilda qurilgan uylarning kamchiligini tanqid qilib o‘tirmaymiz, nazarimizda!
Youtube'da ko‘rish

Mover.uz'da ko‘rish
Tolib Rahmatov
Muhammadjon G‘aniyev
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya Kiyevga beriladigan qurol-yarog‘ haqidagi ma’lumotlarni qisqartiradi
Jahon | 12:01
-
O‘zbekiston va Britaniya gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni jadallashtiradi
O‘zbekiston | 11:45
-
Peskov: Agar nyuanslar hisobga olinsa, Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishga rozi
Jahon | 11:19
-
Starmer, Makron, Mers va Tusk Kiyevga yetib keldi
Jahon | 11:17
Mavzuga oid

07:40 / 06.05.2025
Toshkentda qalbaki dori ishlab chiqarish va savdosi bilan shug‘ullangan yashirin sex aniqlandi

15:01 / 05.05.2025
«CanSat Uzbekistan-2025» musobaqasining final bosqichidan fotoreportaj

13:57 / 28.04.2025
Toshkent viloyatida OITS tarqatilishi bilan bog‘liq ikkita jinoiy holat aniqlandi

07:53 / 23.04.2025