Light | 23:03 / 04.02.2018
44365
2 daqiqa o‘qiladi

Haydovchilarning avtomobillarga eng ko‘p zarar keltiruvchi odatlari ma'lum qilindi

Foto: RIA Novosti/Vitaliy Ankov

Avtomobillar bo‘yicha mutaxassislar haydovchilarning avtomobillarga eng ko‘p zarar keltiruvchi odatlari ma'lum qilindi. Haydovchilarning bu odatlari mashinaning xizmat qilish muddatini jiddiy qisqartirishi mumkin.

Haydovchilarning zararli odatlari “xit-paradi”ning 1-o‘rniga texnik xizmat ko‘rsatish muddatlariga amal qilmaslik qo‘yildi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, avtomobilning xizmat qilish muddati moy, filtrlar va shu kabilarning o‘z vaqtida almashtirilishi hisobiga uzaytirilishi mumkin.

2-o‘ringa haydovchi tomondan asboblar panelidagi ogohlantiruvchi signallarning rad etilishi, 3-o‘ringa uzatmalar qutisidan foydalanish qoidalariga amal qilmaslik qo‘yildi. 

“Start-stop” rejimida harakatlanish 4-o‘ringa “loyiq” zarariy odat deb topildi. Bunda avtomobil tez harakatlantirilib, tez to‘xtatiladi. Bu yonilg‘ining ko‘p sarflanishi va tormoz kolodkalari yeyilishidan tashqari, avtomobilning qolgan tizimlariga ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi.

Nihoyat, 5-o‘ringa eski g‘ildiraklarning yangisiga o‘z vaqtida almashtirilmasligi qo‘yilgan. Mutaxassislar eski g‘ildiraklarda yurish yo‘l-transport hodisasiga sabab bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirishmoqda. 

Mavzuga oid