19:10 / 04.02.2018
8840

JARda ikki kun yer ostida qolib ketgan 955 konchi qutqarildi

Foto: AFP\GETTY

Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)da 955 nafar konchini qutqarish bilan bog‘liq operatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi. BBC shu haqida xabar berdi.

Konchilar deyarli ikki kun yer ostida qolib ketishgan: chorshanba kuni kechqurun bo‘ron natijasida elektr yetkazib beruvchi liniyalardan biridagi nosozlik "Beatriks" oltin konida elektr energiyasi o‘chishiga olib kelgan. Bu vaqtda elektr ta'minotchilari liftlarga elektr yetkazib berishni tiklashga harakat qilishgan. 

Liftlardan birini juma kuni tushirishga muvaffaq bo‘lindi, shundan so‘ng konchilarni qutqarishga muvaffaq bo‘lingan. 

Sibane-Stillwater kompaniyasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, konchilarga hech qanday ziyon yetmagan. 

"Hamma sog‘-omon, ba'zilar kichik jarohatlar olishgan va suvsizlikdan aziyat chekishgan", - deydi Sibane-Stillwater vakili. 

Kuni kecha tunda konga bir necha tez yordam mashinasi keldi. Qutqarib olingan konchilar joyida oziq-ovqat bilan ta'minlandi, so‘ngra tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish uchun shifoxonalarga yetkazildi. 

JAR dunyodagi eng yirik oltin eksport qiluvchisi hisoblanadi. Biroq mamlakatning oltin qazib oluvchi sohasida ishlar u qadar ko‘ngildagidek emas. Faqat 2017 yilning o‘zidayoq JAR tog‘-kon sanoatida 80 konchi halok bo‘ldi. 

"Beatriks" koni Yoxannesburgdan taxminan 290 kilometr masofada, Velkom shahrida joylashgan. U Sibane-Stillwater trnasmilliy tog‘-kon kompaniyasiga tegishli. 

Mavzuga oid
Top