Jahon | 12:28 / 06.02.2018
5433
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikistondagi maktablarda shaxmat darslari joriy etiladi

Foto: Fotolia

Tojikistondagi maktab o‘quvchilari uchun shaxmat o‘yini bo‘yicha dars joriy etiladi, bu haqda respublika ta'lim va ilm-fan vaziri Nuriddin Said xabar berdi.

"Tojikistonda yangi o‘quv yilidan umumta'lim maktablarida shaxmat darslari paydo bo‘ladi", - deya aytib o‘tdi u.

Uning ta'kidlashicha, umumta'lim maktablarida shaxmatdan dars berish bo‘yicha dastur ishlab chiqib bo‘lingan.

"Asosxoi shatranj" nomli darsliklar chop etildi, u tojik tilida bo‘lib, shaxmat o‘yining asosiy qoidalari va kombinatsiyalariga bag‘ishlangan. Bu darsning joriy etilishi, o‘ylashimcha, o‘quvchilarning intellektual imkoniyatlarini rivojlantirishda ijobiy natija beradi", - deya ta'kidlab o‘tdi Said.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, shaxmat darslari o‘quv dasturlariga jismoniy tarbiya hamda mehnat darslari doirasida joriy etiladi, deb yozmoqda tojik OAV.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid