Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hyu Grant telefoni buzib kirilgani uchun mediaxoldingdan katta tovon puli undirdi
Foto: RIA Novosti / Yekaterina Chesnokova
Britaniyalik taniqli aktyor Hyu Grant Mirror Group mediaxoldingidan o‘zining telefoni yashirin ravishda tinglab borilgani uchun katta miqdordagi tovon puli undirdi.
"Bu ish faqatgina mening telefonim va menga yaqin bo‘lgan insonlarning telefoniga tegishli emas. Sud shuni aniq tushuntira bildiki, Daily Mirror, Sunday Mirror hamda Sunday People telefonlar buzish va ma'lumot yig‘ishning boshqa noqonuniy usullaridan sanoat ko‘lamida foydalangan", - deya ma'lum qildi Grant Londondagi Yuqori sud binosi oldida to‘plangan jurnalistlarga.
Grantning himoyachisi dushanba kungi yig‘ilishda sudga mediaxolding bilan kelishuv detallarini taqdim etdi.
Grant tovon puli miqdorini oshkor etmadi, biroq, taxminlarga ko‘ra, gap oltita sonli raqam haqida ketmoqda.