«O‘zbekiston havo yo‘llari»ga chiptalarni arzonlashtirishga ruxsat berildi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi xalqaro reyslar uchun aviachiptalarni tannarxidan arzonroqqa sotishga ruxsat oldi.
O‘zbekiston prezidentining bugun imzolangan «Kirish turizmini rivojlantirish choralari to‘g‘risida»gi qarorida qayd etilishicha, «bunday chora aviakompaniya reyslari raqobatbardoshligini ta'minlaydi».
«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKga O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan kelishgan holda xorijiy turistlarni jalb qilish prognozini tasdiqlash hamda «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKning xorijdagi vakolatxonalari rahbarlari va xodimlarini joylashgan mamlakatidan turistlar oqimini ko‘paytirganlik uchun o‘z mablag‘lari hisobidan mukofotlash, yuklangan vazifalarning bajarilishi ta'minlanmagan holatlarda esa, javobgarlik choralarini qo‘llash tizimini joriy etish tavsiya etilgan.
Prezident O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga mart oyi oxiriga qadar «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK bilan birgalikda «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAKning soliq solinadigan bazasini arzonlashtirilgan narxlar bo‘yicha sotilgan aviachiptalar summasiga kamaytirish mexanizmini joriy etish vazifasini topshirgan.
Qo‘shimcha ravishda Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivada xalqaro aeroportlarni temir yo‘l vokzallari va avtovokzallar, shuningdek yirik mehmonxonalar bilan bog‘lovchi maxsus avtobuslar (shuttle-bus) qatnovini yo‘lga qo‘yish belgilangan.
Qayd etish kerakki, bugungi kunda milliy aviakompaniya zararga ishlamoqda, viloyatlardagi aeroportlar byudjyetdan qarzdor hisoblanadi.
Vaziyatni to‘g‘rilash uchun prezident o‘tgan yili aviakompaniyani 2022 yilga qadar barcha turdagi soliqlardan ozod etgandi.
Yanvar oyida Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida avtobus yonib ketishi oqibatida o‘zbekistonlik 52 kishi halok bo‘lgach, jamoatchilik migrantlarning xavfli yo‘nalishlarda xorijga chiqishini milliy aviakompaniyada chiptalar o‘ta qimmatligi bilan bog‘lagandi.
Shundan keyin, Shavkat Mirziyoyev shoshilinch yig‘ilishda milliy aviatashuvchi faoliyati borasida qator e'tirozlarini bildirgan, xususan, aviakompaniya bozor sharoitlarida ishlamayotgani va chiptalar narxi juda qimmatligiga e'tibor qaratilgandi.
Shuningdek, aviakompaniya rahbari Ulug‘bek Ro‘ziqulov ishdan olindi.
Mavzuga oid

18:14 / 22.03.2025
Chiptasi bor yuzlab muxlislar o‘yinga kira olmadi. Muammoni qanday yechish mumkin?

16:16 / 09.02.2025
Chegirmali chiptadan jarimagacha: dunyo mamlakatlarida avtobusga to‘lov tizimi qanday ishlaydi?

17:03 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?

15:22 / 15.01.2025