«Avtotest» monopoliyasi bekor qilinadi

Tahririyatimizga «Avtotest-Report» MChJning majburiy kurslarini o‘tash va uning uchun pul to‘lashdan norozi bo‘lgan haydovchilar, asosan, litsenziya asosida mehnat qilayotgan taksichilardan ko‘plab qo‘ng‘iroqlar, xatlar kelib turgan edi. Ularning istagi — asosan, bu yangi tizimni bekor qilish, hech bo‘lmasa o‘qitish narxlarini pasaytirish, cho‘ntak ko‘taradigan qilishdan iborat bo‘lib, ular buni to‘lovlar og‘irlik qilishi, yuridik shaxs ixtiyoridagi mashinani korxonalarda bir necha kishi haydashi va ularning barchasini o‘qitish korxonalarga ham qimmatga tushishi, ortiqcha xarajatlar yuzaga kelayotgani bilan asoslab kelishayotgan edi.
Paradoksal vaziyat yuzaga keladi: kichik korxona rahbarining shaxsiy va xizmat mashinasi bor. Bitta haydovchilik guvohnomasi bilan har ikkisini haydashi mumkin. Lekin korxona hisobida turgan mashinani haydaganligi uchun faqat bir tashkilotga pul to‘lab o‘qishi kerak. Har ikki yilda!
Aynan «Avtotest» o‘qishlari tufayli lizingga va korxona hisobiga kreditga yoki to‘liq pul to‘lab avtomashina sotib olish fikridan voz kechganlar ham bor.
Boz ustiga, masalan, viloyatlardan biridan kelgan shikoyatlarda hech qanaqa innovatsion o‘qitish o‘tkazilmayotgani, o‘sha-o‘sha yurish-turishi shubhali o‘qituvchilar, o‘sha-o‘sha eski shablonlardan foydalanishayotganini izhor etishgan.
Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida e'lon qilinishicha, vazirlik tomonidan avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha «Avtotest» MChJning monopol huquqlarini bekor qilish bo‘yicha Hukumat qarori loyihasi tayyorlanmoqda.
Loyihada haydovchilarni tayyorlash va malakasi oshirish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini qonunchilikda belgilangan talablarga javob beradigan barcha xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga berish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalari haydovchilariga o‘rnatilgan malaka oshirishga oid talabni qisman bekor qilish masalasi ko‘rilmoqda. Davriy ravishda haydovchilik malakasini oshirish talabini faqat tijorat sifatida yo‘lovchi va yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga nisbatan qoldirish taklif qilinmoqda.
Bundan avvalroq «Kun.uz» nashrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bir guruh deputatlari Vazirlar Mahkamasiga «Avtotest» masalasida so‘rov kiritishga tayyorlanayotgani haqida xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Olimlar ekstremal jaziramalarning asosiy aybdorlarini aniqladi
Jahon | 23:35 / 07.05.2025
-
7 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 23:10 / 07.05.2025
-
TDTU negizida yangi Tashkent Tech texnika universiteti tashkil etiladi
O‘zbekiston | 23:07 / 07.05.2025
-
Albaniya Trampning kuyoviga tegishli kurort qurilishini ma’qulladi
Jahon | 23:06 / 07.05.2025
Mavzuga oid

14:14 / 01.05.2025
Elektromobillar uchun utilizatsiya yig‘imi 4 barobarga oshdi

10:07 / 03.03.2025
Bir qator xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarning eksklyuziv huquqlari bekor qilinadi

15:35 / 24.02.2025
Notarif cheklovlar fonida O‘zbekistonga yengil avtomobillar importi keskin qisqardi

00:22 / 09.02.2025