15:53 / 14.02.2018
41074

Neymarning «Real»ga qachon o‘tishi ma'lum bo‘ldi

Foto: Getty Images

«PSJ» hujumchisi Neymar tez orada Ispaniyaga qaytadi, deya xabar bermoqda Mundo Deportivo.

Kataloniya nashri bergan xabarga ko‘ra, 2019 yilning yozida braziliyalik futbolchi «Real» safiga kelib qo‘shiladi. Futbolchini Madrid va Ispaniya ligasi baribir o‘ziga jalb qilmoqda va u Fransiya chempionatidan ko‘ra Ispaniyani afzal bilmoqda.

«Real» prezidenti Florentino Peres Neymarni sotib olish uchun anchadan buyon urinib kelmoqda. Hattoki u bu ishni Neymar «Barselona»ga o‘tmasidan oldin ham amalga oshirishga urinib ko‘rgandi.

Tomonlar yana bir yil davomida pauza qilishga kelishib olishgan. Bu vaqtda «Real» 34 yoshga to‘ladigan Krishtianu Ronalduga Neymarni o‘rinbosar qila olishi mumkin bo‘ladi.

Top