Bog‘chalar binosi va yer maydonini prezident yoki Vazirlar Mahkamasi qarorisiz boshqa tashkilotlarga berish taqiqlandi

Foto: O‘zA
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 25 yanvardagi PF-5313-son Farmoni ijrosini ta'minlash hamda ta'lim muassasalarining mol-mulki, bino va inshootlari hamda yer maydonlaridan samarali foydalanishni tartibga solish maqsadida:
1. Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan davlat ta'lim muassasalarining, xususan, maktabgacha ta'lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining mol-mulki, bino va inshootlari hamda yer maydonlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlarisiz tashkilotlarga berish yoki ta'lim jarayoniga tegishli bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish qat'iyan man etildi.
2. Qoraqalpogiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga:
bir oy muddatda qonun hujjatlariga zid ravishda hududlardagi davlat ta'lim muassasalari, xususan maktabgacha ta'lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari mol-mulklari, bino va inshootlari hamda yer maydonlarida joylashtirilgan tashkilotlarni (ijara shartnomasi asosida faoliyat ko‘rsatayotganlar bundan mustasno) davlat ta'lim muassasalaridan boshqa manzillarga o‘tkazish hamda joylashtirish jarayonida yetkazilgan zararni belgilangan tartibda qoplash choralarini ko‘rish;
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 sentabrdagi 999-f-son farmoyishi asosida o‘tkazilgan xatlov yakunlari bo‘yicha belgilangan moddiy javobgar shaxslar javobgarligiga berilgan mol-mulkning but saqlanishi va to‘liqligi nazorat qilinishini ta'minlash;
maktabgacha ta'lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarining mol-mulkini boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga qonun hujjatlariga zid ravishda berib yuborgan yoki maktabgacha ta'lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga tegishli bino va inshootlarga hamda yer maydonlariga turli tashkilotlar joylashib olishiga yo‘l qo‘ygan rahbar xodimlarga nisbatan choralar ko‘rish topshirildi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi va Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining Kasb-hunar ta'limi markazi 15 kun muddatda maktabgacha ta'lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari mol-mulkining butligi, ularning bino va inshootlaridan maqsadli foydalanilayotganligi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etadilar.
4. Mazkur farmoyishning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov, Uzbekistan Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri A.V. Shin zimmasiga yuklandi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiya «Tolibon»ni tan oldi, Tramp Putindan xafa – hafta dayjesti
Jahon | 17:13
-
Janubiy Koreya prokuraturasi sobiq prezidentni yana hibsga olishni so‘ramoqda
Jahon | 17:11
-
Yaman husiychilari Isroil poytaxti aeroportiga raketa zarbasini berdi
Jahon | 16:07
-
Havo harorati qanday o‘lchanadi? Toshkent observatoriyasidan reportaj
O‘zbekiston | 16:01
Mavzuga oid

16:47 / 02.07.2025
Toshkentdagi bog‘chada besh yoshli bola 2-qavatdan tushib ketdi

14:40 / 01.07.2025
G‘ijduvonda bolalarni kaltaklagan tarbiyachi ishdan ketdi

11:32 / 01.07.2025
Video: G‘ijduvon davlat bog‘chasida tarbiyachi bolalarni kaltakladi

15:07 / 26.06.2025