Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgda patent bilan ishlash bo‘yicha o‘zbeklar va tojiklar yetakchilik qilmoqda
Foto: Migrant.ru
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri 2017 yilda bu shaharga kelgan 350 ming muhojir uchun ish joyiga aylandi. Ulardan 230 mingi Rossiyada ishlash uchun patent olgan. Bu haqda “Forum truda-2018” matbuot xizmati ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, 2017 yilda Peterburgdagi patentlarning 93 foizi O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolariga rasmiylashtirilgan. Ulardan ko‘pchiligi xizmatlar sohasida (29,9 foiz), qurilish (18,3) va ishlab chiqarishda (13 foiz), 10 foizdan kamrog‘i esa savdo, transport, mehmonxona va restoran bizneslarida ishga joylashgan.
“Muhojirlar asosan yordamchi ishchilar (55 foiz) sifatida ishga joylashadilar. 5 foizdan kamrog‘i haydovchi, oshpaz, sotuvchi, 1 foizdan kamrog‘i, bo‘yoqchi, yuk tashuvchi, armaturachi, g‘isht teruvchi bo‘lib ishlaydi”, deyilgan xabarda.
2017 yilda Peterburgda patent asosida 230 ming muhojir ishlagani va shaharda patent narxi 3000 rublni tashkil qilgani hisobga olinsa, shahar byudjyetiga 630 mln rubl yoki 12 mln dollar daromad kelib tushgan. 2018 yilda Rossiyaning ko‘plab sub'yektlarida patent narxi oshgan. Sankt-Peterburg va Leningrad oblastida patent narxi hozirda 3500 rublni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
22:02 / 02.05.2026
O‘zbekiston va Qirg‘iziston “Qambarota GES-1” qurilishi bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
17:29 / 02.05.2026
O‘zbekiston tashqi qarzi 2025 yilda 18 mlrd dollarga oshdi. Bu rekord ko‘rsatkich
11:48 / 16.04.2026
O‘zbekistonda aholi soni bo‘yicha yangi ma’lumot e’lon qilindi
09:56 / 16.04.2026