Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tesla tashkil etilgandan beri 300 mingta elektrokar ishlab chiqardi
Foto: Scanpix/Reuters
Tesla kompaniyasi mashinalar ishlab chiqarishda qiyinchiliklarni boshdan kechirayotganiga qaramay, yangi elektrokarlar sekin bo‘lsa-da, zavod konveyeridan chiqishda davom etmoqda. Kompaniyaning chorak bo‘yicha hisobotida 286 mingta avtomobil ishlab chiqarilgani ma'lum qilingandi. Yaqinda esa kompaniya direktorlar kengashi kompaniya rahbari Ilon Mask 2018 yil boshigacha 300 mingta avtomobil chiqarish vazifasini bajara olganini qayd qilib o‘tishgan. Kompaniya tashkil etilganidan beri aynan shuncha mashina ishlab chiqardi.
300 mingta elektrokar ko‘pmasdek tuyulishi mumkin, biroq elektrokarlar ishlab chiqaruvchi boshqa kompaniyalar bilan solishtirganda natija yomon emas. Misol uchun, Nissan o‘zining Leaf elektrokarini 2011 yildan beri sotib keladi va o‘tgan oydagina Tesla’niki kabi ko‘rsatkichga erisha oldi. Vaholanki, Mask kompaniyasi avtomobillarning yirik partiyasini kechroq – 2013 yildan chiqara boshlagan.
Tesla aksiyadorlari Maskga maosh o‘rniga u muayyan muddat uchun belgilangan rejani bajara olgani uchun ma'lum miqdorda pul to‘lashga qaror qilishgan. Mask o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni deyarli amalga oshira olgan. 300 mingta mashina chiqarish ham bajarilishi shart bo‘lgan ishlar qatoriga kiritilgan edi.
Joriy chorak mart oyida yakunlanadi, Mask oldida esa yana bir hali hal qilinmagan vazifa – yalpi daromadning qatorasiga 4 chorak davomida 30 va undan ko‘proq foizga yetishini ta'minlash vazifasi qoldi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, kompaniya hozircha bunga erisha olmagan.
Mavzuga oid
20:28 / 07.11.2025
Tesla aksiyadorlari Ilon Maskka bir trillion dollarlik bonus berishga rozi bo‘ldi
20:28 / 03.11.2025
Tesla’ning sobiq rahbari Xitoyda yangi odamsimon robotni taqdim etdi
17:47 / 05.10.2025
Mask Optimus robotlari kung-fu o‘rganayotganini ko‘rsatdi
18:26 / 02.10.2025