Jamiyat | 23:10 / 18.02.2018
43986
2 daqiqa o‘qiladi

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlangan film efirga uzatildi

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf... Bu nom Islom olamida alohida mazmunga, alohida o‘ringa va mavqega ega. O‘zbekiston diyoridan yetishib chiqqan bu olim o‘z ilmi, o‘z ma'rifati ila nafaqat o‘zbek millati, balki butun dunyo musulmonlari orasida ham o‘z obro‘si va martabasiga ega zotdir.

YouTube

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Tas-IX

Bugun, 18 fevral kuni “O‘zbekiston 24” telekanali orqali ushbu shaxs hayoti, ilmiy yo‘liga atalib, hujjatli film efirga uzatildi. Unda shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning hayot va ilmiy yo‘li haqda hikoya qilinadi.

Kun.uz intervyusi: Shayx hazratning farzandi Ismoil Muhammad Sodiq

Muhammad Amin Muhammad Yusuf o‘z akasi haqidagi noyob xotiralari bilan o‘rtoqlashdi

Ma'lumot o‘rnida, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf xotirasini abadiylashtirish haqida so‘z yuritgan va Toshkent shahrida barpo etilayotgan masjidni u kishi sharafiga nomlash tashabbusi bilan chiqqan edi.

Eslatib o‘tamiz, KUN.UZ tahririyatida 2017 yilning 11 mart kuni “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufni xotirlab...” sarlavhasi ostida maqola e'lon qilgan va unda ulug‘ allomaning yaqin qarindoshlari va do‘stlari bilan suhbat qilgan edi.

Mavzuga oid