Gulistondagi mahalla guldek ochiladimi yoki loyga botib yotaveradimi?
Inson bir uy qurish yoki sotib olish uchun qancha ter to‘kadi: pul yig‘adi, jismoniy mehnat qiladi, shunga yarasha orzu-havas qiladi. Ammo yangi xonadonida oyoq cho‘zib, umrguzaronlik qilaman deganda, muammo chiqib qolsa dili xira bo‘ladi, ko‘ngliga hech narsa sig‘maydi. Ana shunday dilxiralik bugun Sirdaryo viloyatining Guliston tumanidagi “Zarbdor” mahallasi aholisini ham qiynab kelmoqda. KUN.UZ tahririyatiga kelib tushgan navbatdagi murojaatda shunday deyiladi:
“Assalomu alaykum! Bizni 7 yildan beri qiynab kelayotgan, muammo bor. Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi “Zarbdor” degan mahallada yangi namunali uylar tushgan. Bizni uylar 2010 yilda qurib bitkazilgan. Lekin hali biror bir ko‘cha asfalt qilinmagan. Hujjat bo‘yicha esa asfalt qilingani ko‘rsatilgan. Yog‘ingarchilik bo‘lganda, u ko‘chada yayov yurib bo‘lmaydi, odam loyga botib qoladi. Yozda quruq kunlarda ko‘chani tuproq changiga chidab bo‘lmaydi. Asfaltni pulini yeb qo‘ygan tashkilotni hech kim bilmaydi. Arz qilsak, portalga yozmanglar, qilib beramiz, deb 7 yildan beri aldab kelishadi. Sizlardan iltimosimiz shu muammoni olib chiqsangiz”.
Suratlar bu gaplar nechog‘li to‘g‘riligini ko‘rsatib turibdi. Mazkur masala yuzasidan Guliston tumani hokimiyati bilan bog‘lanib ko‘rmoqchi bo‘ldik, ammo viloyat hokimiyati saytida ko‘rsatilgan 8 (367) 796-30-30 raqamlariga hech kim javob bermadi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bu muammo yuzasidan viloyat hokimligiga, tuman hokimligiga va boshqa mutasaddi tashkilotlarga chiqilgan, ammo oradan shuncha yil o‘tgan bo‘lsa-da, bu murojaat atroflicha o‘rganilmagan. Barcha ishlar quruq va'dalar bilan “yopdi-yopdi” qilingan.
Bugun davr boshqacha: shiddatli, shaffof va adolatli. O‘ylaymizki, mazkur mahalla O‘zbekistondagi go‘zal mahallalar qatoriga qo‘shilib, yo‘llari ravon maskanlardan biriga aylanadi. Faqat buning uchun mutasaddi tashkilotlar ozroq harakat qilishsa bas.
Sarvar Anvar o‘g‘li
KUN.UZ muxbiri
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2 yil oldin sotilgan “Kvars” AJ yana davlat nazoratiga qaytdi
Iqtisodiyot | 12:27
-
Bojxona institutida bakalavriatda dual ta’lim asosida o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 12:20
-
Bojxona sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi
O‘zbekiston | 12:07
-
“Tadbirkorlar olmagan daromadi uchun soliq to‘lashiga to‘g‘ri kelyapti” - Murod Muhammadjonov
Iqtisodiyot | 11:59
Mavzuga oid

20:26 / 28.03.2025
Gulistondan Chinorkentga shaharlararo tezyurar poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

10:30 / 28.10.2020
Jizzaxda «Vaz-2106» va eshak arava ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, qurbonlar bor

15:38 / 23.06.2020
Gulistonda bir oylik chaqaloqni 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘lga olindi

11:44 / 19.06.2020