Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistondagi barcha maktablar 5 kunlik o‘qishga o‘tadi
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakatdagi barcha maktablarni 5 kunlik o‘qish tizimiga o‘tkazish haqidagi qonunni imzoladi.
Prezident qonunni 21 fevral kuni imzoladi, u 10 kundan keyin kuchga kiradi.
10 yanvar kuni Qirg‘iziston parlamenti uchinchi o‘qishda ta'lim haqidagi qonunga tuzatishlarni ma'qullagandi. Unga ko‘ra mamlakatdagi barcha maktablar 5 kunlik o‘qish grafigiga o‘tishi ko‘zda tutilgan.
Kloop.kg nashri xabariga ko‘ra, gimnaziyalar va litseylarning o‘quvchilari ayrim fanlardan chuqurlashtirilgan ta'lim berilishi tufayli 6 kunlik o‘qishni davom ettirishadi.
Ushbu qonun tashabbuskori SDPK fraksiyasi deputati Dastan Bekeshev hisoblanadi. U tashabbusini o‘quvchilarga ham, o‘qituvchilarga ham yuklamalarni kamaytirish zarurati bilan izohlagandi.
«Xususiy maktablarda ham haftasiga 5 kun o‘qish bo‘lishi kerak, oltinchi kuni esa bolalar madaniy tadbirlarga, to‘garaklarga borishlari yoki vaqtini ota-onalari bilan o‘tkazishlari mumkin. O‘qituvchilar ham dam olishi kerak», — degandi Bekeshev.
2017 yilning yanvaridan mamlakatdagi maktablarning 75 foizida haftasiga 5 kunlik o‘qish tizimi joriy qilingandi, gimnaziya va litseylar 6 kunlik grafikda davom etmoqda.
Bundan avvalroq O‘zbekistondagi maktablarda 1 martdan boshlang‘ich sinflarni 5 kunlik o‘qishga o‘tkazish rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
22:31 / 02.07.2026
Qamchibek Tashiyev 4 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Ammo, jazo yengilrog‘iga almashtirildi
17:41 / 02.07.2026
Qirg‘iziston Rossiyaning benzin eksportini taqiqlashi ortidan O‘zbekistondan yoqilg‘i so‘radi
16:34 / 01.07.2026
Qirg‘iziston 650 kg kolbasa mahsulotlarini O‘zbekistonga qaytarib yubordi
20:14 / 29.06.2026