20:32 / 21.02.2018
15369

Pyongchang-2018. Kutilmagan natijalarga boy kun

Foto: peongchang2018.com

Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida davom etayotgan Qishki olimpiada o‘yinlarida navbatdagi kun yakuniga yetdi. 21 fevralda yettita medallar komplekti va bir bronza medali egasi aniq bo‘ldi.

Kunning eng kutilmagan natijalari jamoaviy sprint musobaqalarida kuzatildi. Chang‘i poygalarida Norvegiya ayollar terma jamoasi kutilmaganda bronza medallari bilan cheklangan bo‘lsa. Konkida yugurish musobaqasida Niderlandiya terma jamoasi ham ayollar, ham erkaklar musobaqasida oltin medallarni boy berib qo‘ydi.

Erkaklar o‘rtasidagi chang‘i poygalarida esa Norvegiyaning kechagi afsonasi Sundbyu va bugungi yulduzi Klebo kutilganidek raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Bu orqali Sundbyu ikkinchi oltinni yutgan bo‘lsa, Pyongchangning haqiqiy qahramoni bo‘layotgan Klebo 21 yoshida uchinchi olimpiya oltinini qo‘lga kiritdi.


Olimpiada-2018
Pyongchang, Janubiy Koreya
21 fevral kuni o‘ynalgan barcha medallar

Tog‘ chang‘isi
Ayollar
Tezkor tushish

1. Sofiya Godjia (Italiya)
2. Ragnhil Muvinkel (Norvegiya)
3. Lindsi Vonn (AQSh)

Fristayl
Erkaklar
Ski-kross

1. Bredi Leman (Kanada)
2. Mark Bishofberger (Shveytsariya)
3. Sergey Ridzik (Rossiya)

Hokkey
Ayollar
3. Finlyandiya

Chang‘i poygalari
Ayollar
Jamoaviy sprint

1. Kikkan Rendell, Jyessika Diggins (AQSh)
2. Sharlotte Kalla, Stina Nilsson (Shvetsiya)
3. Marit Byorgen, Mayken Kaspersen Falla (Norvegiya)

Chang‘i poygalari 
Erkaklar
Jamoaviy sprint

1. Martin Yonsrud Sundbyu, Yohannes Klebo (Norvegiya)
2. Denis Spitsov, Aleksandr Bolshunov (Rossiya)
3. Moris Manifika, Rishar Juv (Fransiya)

Konkida yugurish
Ayollar
Jamoaviy sprint

1. Yaponiya
2. Niderlandiya
3. AQSh

Konkida sport
Erkaklar
Jamoaviy sprint

1. Norvegiya
2. Janubiy Koreya
3. Niderlandiya

Bobsley
Ayollar

1. Mariama Jamanka – Liza Bakvitts (Germaniya)
2. Elana Meyyers Teylor – Loren Gibbs (AQSh)
3. Keylli Hamfris – Filisiya Jorj (Kanada)

Umumjamoa hisobida medallar jamg‘armasi (oltin, kumush, bronza, jami)
TOP-10

1. Norvegiya – 13-11-9 (33)
2. Germaniya – 12-7-5 (24)
3. Kanada – 9-5-7 (21)
4. Niderlandiya – 6-6-4 (16)
5. AQSh – 6-4-6 (16)
6. Fransiya – 5-4-5 (14)
7. Shvetsiya – 4-4-0 (8)
8. Janubiy Koreya – 4-2-2 (8)
9. Avstriya – 4-3-4 (11)
10. Yaponiya – 3-5-3 (10)

Mavzu
Qishki Olimpiada

Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida Qishki Olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. 9 fevral kuni boshlangan sport bayrami 25 fevralga qadar davom etadi.

Barchasi
Mavzuga oid
Top