19:49 / 21.02.2018
17277

Video: KXDR vakili o‘zi yiqila turib, raqibni ham yiqitishga urindi

KXDR sharafini short-trek musobaqalarida himoya qilgan Yong Kvang Bom 500 metrga poygada ikki marta yiqilib tushdi. Ikki safar ham sportchi yaponiyalik raqibi Riosuke Sakazumeni ham to‘xtatishga urinib ko‘rdi.

Yong 500 metrlik poygaga start berilgan zahoti bir-ikki qadam tashlashiga qaramasdan qoqilib tushdi va oldinlab borayotgan raqibining oyog‘idan ushlab qolishga urindi.

Hakamlar uning yiqilib tushgani uchun boshqattan musobaqaga start berdi. Ammo sportchi bu safar ham muz ustida yiqilib tushdi va ikkinchi marta ham yaponiyalik Sakazumeni to‘xtatib qolishga harakat qildi. Ammo bu ishni uddalay olmadi.

Yakunda yaponiyalik sportchi ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Shimoliy Koreya vakili diskvalifikatsiya qilindi.

Mavzu
Qishki Olimpiada

Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida Qishki Olimpiada o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. 9 fevral kuni boshlangan sport bayrami 25 fevralga qadar davom etadi.

Barchasi
Mavzuga oid
Top