Fan-texnika | 23:50 / 23.02.2018
10060
1 daqiqa o‘qiladi

Ilon Mask global internet “paroli”ni ma'lum qildi 

Foto: AP Photo / Paul Sancya

SpaceX kompaniyasi rahbari Ilon Mask hazillashib, Twitter’da Wi-Fi global tarmog‘iga ulanish “paroli”ni ma'lum qildi.

“Hech kimga aytmang, Wi-Fi paroli – “marsliklar” (marsians)”, deb yozgan Mask ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.  

Twitter foydalanuvchilari Maskning ushbu haziliga javoban yanada hazilomuz izohlar qoldirishgan.

“Sir saqlayman”, deb yozgan bir foydalanuvchi. 

“8 ta belgidan iborat parollar eskirib qolgan, Ilon. Iltimos, uni uzunroq parolga almashtiring”, deb izoh bergan yana bir obunachi.  

“Afsuski, men Plutondanman”, deb hazil izoh qoldirgan yana bir foydalanuvchi.   

22 fevralda Kaliforniyadagi Vandenberg kosmodromidan Falcon 9 raketasi internet ulashuvchi Microsat 2a va Microsat 2b hamda Ispaniyaning Paz telekommunikatsiya sun'iy yo‘ldoshlari bilan fazoga uchirildi. 

Mavzuga oid