Koreya Respublikasi 16 mamlakatdan işçi kuçini jalb qilib keladi. Çet ellardan qabul qilinadigan 57 000 işçi örindan Özbekistonga ajratilgan kvota miqdori - 3000. Özbekistonda esa "hoziroq Koreyaga ketişga tayyor" kişilar soni 200 mingdan ortiq... Şu mahalgaça Koreyaga imtihondan ötganlar 2710 kişini taşkil qiladi. Şu örinda tabiiy savol tuğiladi - nima uçun özbekistonlik işçilar Koreyada raqobatbardoş emas va umuman bu borada vazirlik tomonidan qanday işlar olib borilmoqda? Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Taşqi migratsiya agentligi vakillari KUN.UZ'ga quyidagilarni ma'lum qilişdi:

"Bugungi kunda Toşkent va Samarqand şahridagi KOICA öquv markazlarida malakali mutaxassislar tayyorlayapmiz, til örganiş imkoni ham bor, bularning bari bepul. Bundan taşqari, Bekobod şahrida Migratsiya markazi taşkil qilinadi. Undan keyin Paxtaobod, Şahrixon, keyinçalik har bir viloyatdagi markaziy kollejlarda migratsiya markazlari taşkil qilinadi. Mavjud barça muammolarni hal qilsak, keyinçalik kvota sonini oşirişimiz mumkin", - deydi Taşqi mehnat migratsiya agentligi rahbari.

Şuningdek, migratsiya agentligi vakillarining ma'lum qilişiça, fuqaro test sinovlaridan muvaffaqiyatli ötib, ularning ma'lumotlari nomzod sifatida baza (Koreya Respublikasi Inson resurslarini rivojlantiriş xizmati tomonidan yuritiladi)ga kiritiladi. Koreyalik iş beruvçilar uning içidan keraklisini tanlab oladi. Nomzodning ma'lumotlari iş beruvçiga ma'qul kelsagina, u bilan şartnoma tuziladi. Demak, fuqarolarning testdan ötişi uning iş bilan ta'minlanişini kafolatlamaydi. Zero iş beruvçi tanlamay qolsa, jarayon amalga oşmay qolişi mumkin. Ikki yildan keyin qayta test jarayonidan ötiş imkoni mavjud. Test jarayonidan ötiş uçun Özbekiston fuqarosi albatta koreys tilini biliş kerak.

Bundan avval özbekistonlik işçilar Koreya Respublikasida mamlakat imidjini tuşirib yuborişgani  haqida KUN.UZ'da xabar berilgandi. Unda Koreya inson resurslari markazining Özbekistondagi vakolatxonasi rahbari Pak San Lu quyidagi turdagi şaxslar Koreya Respublikasida Özbekiston imidjiga salbiy ta'sir körsatayotgani haqida aytib ötgan:

•    Til bilmaydigan şaxslar;

•    Köp iş özgartiruvçi şaxslar;

•    Noqonuniy mehnat faoliyatini yurituvçilar.

Bundan taşqari, KUN.UZ muxbiri Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Taşqi migratsiya agentligi va Koreya test markazi bilan hamkorlikda 2018 yil uçun çora-tadbirlar rejasi tuzilgan yoki yöqligi va uni omma e'tiboriga taqdim etiş imkoni mavjud yoki yöqligiga qiziqdi. Ma'lum bölişiça, hozirça bunday çora-tadbirlar rejasi yöq. Mutaxassislarning sözlariga köra, 27 fevral kuni Özbekistonga Koreya delegatsiyasi keladi, tomonlar barça masalalarni muhokama qilgan holda, talab va takliflardan kelib çiqib, yaqin yillar uçun çora-tadbirlar rejasini tuzişadi va uni ommaviy axborot vositalari e'tiboriga taqdim etişadi. Şuningdek Taşqi mehnat migratsiya agentligi rahbariyati Koreyaning özida reyestrga tuşgan özbekistonliklar sonini aniqlaştirib, KUN.UZ'ga xabar qilişga va'da berdi.