22:30 / 24.02.2018
14060

La Liga. BBC gollari «Real»ga ishonchli g‘alabani keltirdi

Foto: Twitter/@realmadrid

Ispaniya chempionatining 25-turida «Real» o‘z maydonida «Alaves»ni qabul qildi.

O‘yin davomida katta tashabbusga ega bo‘lgan madridliklar 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. VVS hujumchilar uchligidan Ronaldu ikkita, Beyl va Benzema bittadan golga mualliflik qilishdi.

Bu natijadan so‘ng, «Real» 51 ochko bilan 3-o‘rinda boryapti. «Alaves» 28 ochko bilan 16-o‘rinda qoldi.

La Liga, 25-tur
Real Madrid – Alaves 4:0 (1:0, 3:0)

24 fevral, «Santyago Bernabeu» stadioni
Gollar: 1:0 – 44 Ronaldu, 2:0 – 46 Beyl, 3:0 – 61 Ronaldu, 4:0 – 89, penalti Benzema. 
Real Madrid – Navas, Nacho, Teo, Karvaxal, Varan, Vaskes, Kazemiro (Lorente, 80), Kovachich (Sebalos, 73), Beyl, Benzema, Ronaldu.
Alaves – Pacheko, Laguardia, Duarte, Ruano, Eli, Torres, Manu Garsiya (Medran, 63), Pedrasa (Ibai Gomes, 62), Peres, Gvidetti (Burgi, 74), Sobrino.
Ogohlantirishlar: Peres (5), Sobrino (20), Lorente (82).

Top