Moliya vazirligi rahbariyatida o‘zgarish yuz berdi
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining tegishli qarorlari bilan Moliya vazirligi rahbariyati tarkibida o‘zgarishlar yuz berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, Shavkat Mirziyoyevning 23 fevraldagi qarori bilan Yorqin Ergashevich Tursunov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Uning o‘rnida endilikda Vyacheslav Yurevich Pak ishlaydi. Davlat rahbarining bu boradagi tegishli qarori imzolangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 22 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasidagi tanqiddan keyin Moliya vazirligi tizimida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Jami moliya tizimi bo‘yicha 562 nafar xodim o‘z lavozimidan ozod etilgan. Joriy yilning yanvar oyida esa Yoshlar ittifoqi Moliya vazirligiga 490 yigit-qizni tavsiya qilgani ma'lum bo‘ldi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

16:43 / 21.02.2023
O‘zbekistonda xodimlarning 28 foizi 1 mln so‘mgacha maosh oladi

20:14 / 22.11.2022
O‘zbekistonning davlat qarzi 26 mlrd dollar atrofida saqlanib qoldi

11:51 / 22.11.2022
“Bitta vazirlik hamma vazirlik ustidan qo‘riqchi bo‘lib turgani bilan ish bitmaydi” - Timur Ishmetov vazirliklar budjet mablag‘larini maqsadsiz sarflashi haqida

15:14 / 21.11.2022