Sport | 19:10 / 26.02.2018
17273
2 daqiqa o‘qiladi

Shahobiddin Zoirov olimpiada chempionligidan so‘ng ko‘rinmay qolganiga izoh berdi

Foto: O‘zbekiston Boks Federatsiyasi

WSB yo‘nalishida musobaqalarda ishtirok etayotgan «Uzbek Tigers» jamoasi a'zosi Shahobiddin Zoirov Kubaning «Cuba Domadores» jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan boks kechasi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Olimpiadadan so‘ng ma'lum muddat ko‘rinmay qolishimga sabab bu vaznimni o‘zgartirishim bo‘ldi. -52 kgdan -56 kg vazn toifasiga o‘tishimga to‘g‘ri keldi. Yangi vaznga moslashib formamni tiklash uchun biroz ko‘proq vaqt ketdi. Shunga musobaqalarda ishtirok eta olmadim.

—Eng jiddiy raqib sizniki deyish mumkin. Ikki karra olimpiada chempioni...
— Menga kim bilan ringga chiqishning umuman farqi yo‘q. Ikki karra olimpiada chempioni bo‘ladimi uch karrami, yoki oddiy bokschi bo‘ladimi, ajratib o‘tirmayman. Ringga chiqib o‘z ishimni qilsam, istalgan raqibni yuta olishim mumkin deb o‘ylayman. Unaqa raqibdan cho‘chish, ruhan sinib qolish menga begona. Uning ham xuddi menga va boshqalarga o‘xshagandek ikkita qo‘li, ikkita oyog‘i bor. Undan kuchsizroqman deb o‘ylamayman.

— Boks bo‘ladigan saroyning kichkina ekani, muxlislar kam bo‘lishi ko‘p gapirilmoqda. Bu ertangi janglarga ta'sir qilishi mumkin deb o‘ylaysizmi?
— Albatta muxlislarning qo‘llab-quvvatlab turganda jang qilish yaxshi. Lekin boshqa tomondan muxlislarni qo‘llab-quvvatlashidan ko‘proq bosim ostiga tushib qolish ham mumkin. Ertaga asosiy e'tiborni ko‘proq bo‘ladigan janglarga qaratib, g‘alaba qilsak barcha muxlislar xursand bo‘lishadi, deya gapirib o‘tdi Shahobiddin Zoirov KUN.UZ muxbiri bilan suhbat davomida.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid