Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya nima uchun oltin zaxiralarini ko‘paytirdi?
Yanvar oyida Rossiya Markaziy Banki mamlakatning oltin zaxiralari 1 857 tonnaga yetganini e'lon qilgandi. Bu esa Rossiyada tarixda birinchi marta Xitoydan ko‘proq oltin zaxirasi paydo bo‘lishi edi. Sputnik nashri Rossiya nima sababdan o‘z oltin zaxirasini oshirganini tahlil qilib ko‘rdi.
Manbada aytilishicha, Rossiyaning xalqaro zaxiralari miqdori 454 milliard dollarga yetgan. Markaziy Bank esa bu zaxira 500 milliard dollarga yetishini mo‘ljallagan hamda bu natijaga tobora yaqinlashib borilmoqda. Lekin nimaga ruslar oltin zaxirasini oshirmoqda?
Qaramlikdan qutulish uchun
Oltin har qanday valyutaga nisbatan qaramlikni yo‘qqa chiqaradi. Uning har qanday holatda faol savdo vositasi ekani buni ta'minlaydi. Alpari iqtisodiy tahlil markazi vakili Aleksandr Razuvayev bu haqda shunday deydi: «Oltin AQSh va Germaniya obligatsiyalari kabi ommabop bo‘lmasligi mumkin, lekin ularning narxi dollar narxiga qarab o‘zgarib turadi. Oltin esa har qanday valyutaning qiymatidan qat'i nazar o‘z qiymatini saqlab qolaveradi».
Sug‘urta mexanizmi
1920 yillarda sobiq Ittifoq boshqa davlatlar bilan faqat oltin orqali savdolarni amalga oshirgan va ekspertlar Rossiya hozir ham shu sistemaga o‘tishi mumkinligini istisno qilishmayapti. Qisqasini aytganda bu zaxiralar Rossiyaga nisbatan qo‘llanilayotgan sanksiyalar vaqtida qo‘l kelishi mumkin. Eron sanksiyalar vaqtida ham neft qazib olishni davom ettirdi va savdolarni oltinda ham amalga oshiraverdi. Aynan sanksiyalar vaqtida bu mamlakata qo‘l kelgani aytiladi. Rossiya ham aynan shu sabab oltin zaxiralarini oshirayotgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
08:40 / 15.07.2026
Dunyodagi eng yirik oltin va kumush zaxiralari qaysi davlatlarda?
15:46 / 14.07.2026
NKMK ishchisi gilam bo‘laklari yordamida 35 mln so‘mlik oltinni o‘g‘irlashga urindi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
14:26 / 28.05.2026