1 avgust holatiga Özbekistonning rasmiy zaxiralari 37,4 mlrd dollarga yetdi. Bu bir oy oldingidan 1,06 mlrd dollarga köp.

Zaxiralarning uşbu qiymati ma’lumotlarni oçiqlaş boşlangan 2018 yildan keyingi davr uçun rekord körsatkiç hisoblanadi. Şunday bölsa-da, 37,4 mlrd dollar bu 12 oylik importni qoplaş uçun yetadi, avval bu körsatkiç 20 oy bölgan.

Xalqaro rezervlar qiymatining oşişi asosan oltin zaxirasi va narxining oşişda davom etayotgani bilan boğliq. Zaxiralar tarkibida oltinning fizik hajmi ötgan oy davomida 310 ming unsiya (9,64 tonna)ga oşib, 12,05 mln unsiya (374,8 tonna)ga, qiymati esa 29,15 mlrd dollarga yetgan (+1,84 mlrd dollar).

Markaziy bank izohiga köra, iyul oyida oltin narxining 2327,6 dollardan 2419,6 dollargaça kötarilişining ta’siri +1,11 mlrd dollarni taşkil etgan.

Xorijiy valutadagi aktivlar iyulda 781,5 mln dollarga kamayib, 7,69 mlrd dollarga tuşgan. Valutadagi aktivlar yil boşidan buyon 1,68 mlrld dollarga kamaygan bölib, bunga 2019 yilda çiqarilgan 500 mln dollarlik suveren yevroobligatsiyalarning söndirilişi ham ta’sir körsatgan.

Markaziy bank tomonidan sotib olingan qimmatli qoğozlar qiymati 35,3 mln dollarni taşkil etgan.