Statistika agentligi Özbekistonning 2024 yil yanvar-iyun oylaridagi taşqi savdo aylanmasiga doir ma’lumotni taqdim etdi.

Qayd etilişiça, hisobot davrida respublika taşqi savdo aylanmasi 31,8 mlrd dollarga yetgan. Bunda eksport hajmi 13 mlrd dollar, import hajmi esa 18,8 mlrd dollar. Ötgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda eksport hajmi 5,5 foizga, import hajmi 10,6 foizga oşgan. Taşqi savdo salbiy saldosi esa 5,8 mlrd dollarga yetgan.

Xitoy Özbekistonning eng yirik savdo şerigi sifatidagi örnini saqlab qolgan bölsa-da, bu borada Rossiyaning uluşi oşib boryapti. Hisobot davrida Xitoy bilan özaro tovar ayirboşlaş hajmi 5,9 mlrd dollarga, Rossiya bilan 5,7 mlrd dollarga yetgan. Bu respublika umumiy taşqi savdo aylanmasi hajmining mos ravişda 18,5 va 18,1 foizini taşkil qiladi. Şuningdek, taşqi savdo aylanmasining salmoqli qismi Qozoğiston (6 foiz), Turkiya (4,5 foiz) va Janubiy Koreya (3,4 foiz) bilan qayd etilgan.

2024 yilning birinçi yarim yilligida Özbekiston taşqi savdo aylanmasida eng yuqori uluşga ega bölgan Top-10 davlat:

  • Xitoy – 5,89 mlrd dollar;
  • Rossiya – 5,75 mlrd dollar;
  • Qozoğiston – 1,91 mlrd dollar;
  • Turkiya – 1,43 mlrd dollar;
  • Koreya – 1,06 mlrd dollar;
  • Turkmaniston – 614 mln dollar;
  • Fransiya – 563 mln dollar;
  • Germaniya – 506 mln dollar;
  • AQŞ – 463 mln dollar;
  • Afğoniston – 461 mln dollar.

Taşqi iqtisodiy faoliyat böyiça 20 ta yirik hamkor davlatdan törtta mamlakat – Fransiya, Afğoniston, Qirğiziston va Tojikiston bilan ijobiy taşqi savdo balansi kuzatilgan. Qolgan 16 ta davlat bilan passiv taşqi savdo balansi saqlanib qolgan.

E’tiborga molik jihati yanvar-iyun oylarida ötgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda, quyidagi davlatlarga eksport hajmi sezilarli darajada köpaygan: Rossiyaga (1,3 mlrd dollardan 1,73 mlrd dollarga), Fransiyaga (196 mln dollardan 385 mln dollarga), Afğonistonga (368 mln dollardan 448 mln dollarga), AQŞga (78 mln dollardan 110 mln dollarga). Markaziy Osiyo mamlakatlarining barçasiga mahsulot yetkazib beriş qisqargan: