Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elmurat Tasmuradov to‘rt karra Osiyo chempioniga aylandi
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha Osiyo chempionatida Elmurat Tasmuradov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda turnir rasmiy saytida ma'lumot berilgan.
Bu safar 63kg.gacha vazn toifadasida gilamga chiqqan o‘zbekistonlik sportchi hal qiluvchi final bahsida qirg‘izistonlik Urmat Amatovni 8:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Ma'lumot uchun, ushbu chempionlik Tasmuradov uchun Osiyo chempionatidagi to‘rtinchi oltin medaldir. Elmurat bungacha Dehli (2013), Astana (2014) hamda Doha (2015) shaharlarida o‘tkazilgan Osiyo chempionatlarida oltin medallarni qo‘lga kiritgan. Rio olimpiadasi sovrindori, shuningdek 2012 yilda Kumida o‘tgan qit'a chempionatida esa u kumush medal bilan kifoyalangandi.
Mavzuga oid
09:22 / 22.09.2025
O‘zbekiston 24 yillik tanaffusdan keyin yunon-rum kurashi bo‘yicha JChda oltin medal oldi
10:35 / 28.07.2022
O‘zbekistonlik yunon-rum kurashchilari jahon chempionati sovrindori bo‘ldi
11:42 / 01.08.2021
Tasmuradov ilk jangda, Abdullayev chorakfinalda yutqazdi
00:07 / 01.08.2021