Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmga yangi prokuror tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining 2018 yil 27 fevraldagi buyrug‘iga muvofiq Jahongir Jo‘rayevich Xatamov Xorazm viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda prokuratura rasmiy saytida ma'lum qilingan.
Jahongir Xatamov bungacha Toshkent shahri prokurori o‘rinbosari bo‘lgan (2017−2018), undan avvalroq Jizzax viloyati prokuroriga birinchi o‘rinbosar bo‘lib ishlagan (2016−2017).
U yangi lavozimda biroz avvalroq Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshlig‘i lavozimiga o‘tkazilgan Akmalxo‘ja Yusupovich Mavlonov o‘rnini egalladi. Akmalxo‘ja Mavlonov 2017 yilning 6 oktabrida Xorazm viloyatiga prokuror bo‘lgandi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va «Prokuratura to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan prokurorlar 5 yil muddatga tayinlanadi va ular bir vaqtning o‘zida viloyat prokuratura hay'ati raisi etib tasdiqlanadi.
Mavzuga oid
16:23 / 24.06.2026
Xorazmda ham jamoat transportida to‘lovlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:23 / 28.04.2026